“Barselona” klubi “Braga” hujumchisi Fransishku Trinkauni qo‘lga kiritganini ma’lum qildi.
20 yoshli futbolchi joriy mavsum oxirigacha Portugaliya chempionatida to‘p suradi va 1-iyulda katalonlar safiga kelib qo‘shiladi. Transfer 31 million yevroga baholangan.
Trinkauning transferi “Braga” tarixidagi eng yirik bitim bo‘ldi.
Avvalroq “Barselona” hujumchisi Abel Ruis portugal klubi safiga o‘tishi xabar qilingandi. Bu ikki kelishuv bir-biriga aloqador emasligi ta’kidlanmoqda.
🔜 Francisco Trincão
— FC Barcelona (@FCBarcelona) January 31, 2020
Agreement with @SCBragaOficial for Trincão transfer; he'll join FC Barcelona on 1 July 2020.
OAV Trinkauni Krishtianu Ronalduga qiyoslaydi va uni “yangi Krishtianu” deb ataydi. 2018-yilda futbolchi U-19 Yevropa chempionatida beshta gol urishga erishgan. Ayni paytda esa Portugaliya U-19 terma jamoasida to‘p suradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)