AQSh hukumati Uxan shahridan konsullik xodimlari va boshqa fuqarolarini evakuatsiya qildi, deb xabar berdi “Kommersant”.
240 ga yaqin Amerika fuqarolari uchgan samolyot 28-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 21:30 da Alyaska shtatining Ankorij shahriga qo‘ngan.
Qayd etilishicha, yo‘lovchilarni samolyot oynasidan ko‘rish imkoni bo‘lmagan.
Avvalroq Uxandan qaytarilgan amerikaliklar bir muddat karantin ostida saqlanishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)