Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Polshaga tashrifi chog‘ida Sovet Ittifoqini Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga aloqadorlikda aybladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Polsha va polyak xalqi birinchi bo‘lib totalitar tuzumlarning til biriktirishini o‘zida his qildi. Bu Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi va natsistlarga Xolokostning qirg‘in keltiruvchi mexanizmni ishga solishiga imkon yaratdi”, — dedi Zelenskiy Polsha prezidenti Anjey Duda bilan birgalikdagi brifingi chog‘ida.
Zelenskiyga ko‘ra, Xolokost, ya’ni yahudiylar qirg‘inining 6 million qurbonidan har to‘rtinchisi Ukrainadan bo‘lgan.
“Bugun barcha demokratik davlatlar hamjihat bo‘lishlari zarur. Yevropa va dunyoning 1939-yildagi kabi sukut saqlashga, befarq bo‘lishga va harakatsizlikka haqi yo‘q. Faqat birlashish har qanday tajovuzga qarshi turishga imkon beradi va insoniyatni yangi azob-uqubatlardan asraydi”, — ta’kidladi Ukraina prezidenti.
Izoh (0)