Suriya shimolida o‘t ochishni to‘xtatish tartibi o‘rnatilishiga, jumladan, Rossiyaning harakatlari ham xalaqit bermoqda. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Pompeoga ko‘ra, yuzaga kelgan vaziyat uchun “Eron rasmiylari, ‘Hizbulloh’ va Asad tuzumi” aybdor.
U bunday harakatlarni “ayovsiz va shafqatsiz” deb atadi.
“Biz bu vahshiyona harakatlarni qoralaymiz va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiramiz”, — dedi AQSh davlat kotibi.
Izoh (0)