Dortmundning “Borussiya” klubi Bundesliga 19-turi doirasida “Kyoln”ni 5:1 hisobida taslim etdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushgan 19 yoshli Erling Holand dublga erishdi. Qishki transferlar vaqtida “Zalsburg” klubidan 20 million yevro evaziga xarid qilingan norvegiyalik hujumchi Bundesligadagi dastlabki ikkita o‘yinida beshta gol urishga erishdi.
Natijada u rekord o‘rnatdi. Bundesligada hech bir futbolchi dastlabki ikki o‘yinida bunday natija qayd etmagandi. Ta’kidlash joiz, Holand ikkala o‘yinda ham zaxiradan maydonga tushdi. Uning beshta gol urishi uchun esa 60 daqiqa yetarli bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)