Zagrebning “Dinamo” klubi yarim himoyachisi faoliyatini “Leypsig” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda nemis klubi rasmiy sayti xabar berdi.
“Leypsig” 21 yoshli Olmo bilan 2024-yil yoziga qadar shartnoma imzoladi. Zagreb klubi ispaniyalik futbolchi uchun 30 million yevro to‘lagan. Ushbu summa 45 million yevrogacha ko‘tarilishi mumkin.
Olmo transferi “Dinamo” va Xorvatiya futbolchi uchun rekord bo‘ldi. Bunga qadar ushbu mamlakat futbolidan hech bir futbolchi bunchalik katta mablag‘ evaziga sotilmagandi.
“Leypsig” Olmo uchun kurashda “Milan”, “Vulverhempton” va “Barselona” klublarini ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Olmo joriy mavsum “Dinamo” safida to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)