Professional boksning yengil vazn toifasida harakat qilayotgan Ravshanbek Umurzoqov (10-0, 7 KO) Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgnan boks kechasida Esneyker Korreaga (13-2-1, 1 KO) qarshi bahs olib bordi.
Kechaning asosiy jangini tashabbus bilan boshlagan Umurzoqov beshinchi raundda kuchli zarba o‘tkazib yubordi va nokdaun holatiga tushdi. Yettinchi raunddagi nokdaun holatidan keyin bokschi va uning murabbiylari jangni davom ettirmaslik qaroriga keldi.
Shu tariqa venesuelalik bokschi texnik nokaut qayd etgan holda o‘zbekistonlik sportchining g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ydi.
Izoh (0)