Boks bo‘yicha Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqaga mezbonlik qilish istagidan bo‘lgan mamlakatlar nomi ma’lum bo‘ldi.
Osiyo va Okeaniya mintaqalari uchun boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqa fevral oyida Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli musobaqa u yerda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Olimpiada litsenzion musobaqasi 3—11-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Biroq unga qaysi mamlakat mezbonlik qilishi hali noma’lum.
Ma’lum bo‘lishicha, Hindiston va Filippin boks federatsiyalari mazkur musobaqani o‘zida o‘tkazish istagi bilan chiqqan. Yaqin vaqt ichida musobaqaga qaysi mamlakat mezbonlik qilishi ma’lum qilinadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)