• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi yana uchta tumanda og‘ir mehnat sharoitlari uchun ustama joriy etilishi mumkin

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekistondagi yana uchta tumanda og‘ir mehnat sharoitlari uchun ustama joriy etish taklifi bilan chiqmoqda. Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan tuzatishlar loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan, deya xabar beradi Norma.

    Foto: Norma

    Foto: Norma

    2019-yil sentabr oyida hukumat tarmoq koeffitsiyentlari va tuman koeffitsiyentlari qo‘llaniladigan tabiiy-iqlim sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylar ro‘yxatini tasdiqlagandi. Biroq shundan keyin Vazirlar Mahkamasiga qabul qilingan qaror doirasidan tashqarida qolgan tashkilotlar va fuqarolardan murojaatlar kelib tusha boshladi.

    Shu munosabat bilan loyiha mualliflari quyidagilarni taklif etmoqda:

    Birinchidan, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-avgustdagi 389-son qarorining 18-bandiga tuzatish kiritish. Unda gap Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi neftni qayta ishlash zavodida bevosita band bo‘lgan barcha toifadagi xodimlarning ish haqlariga suvsizlik va cho‘l sharoitlari uchun tuman koeffitsiyenti (1,7) xususida bormoqda.

    Hujjatning davlat tilidagi matnida ushbu koeffitsiyent zavod qurilishi olib borilgan davr mobaynida amal qilishi ko‘rsatilgan, biroq rus tilidagi versiyasida bu mavjud emas. Amalda esa koeffitsiyent doimiy asosda qo‘llanilmoqda, shuningdek, u yangi hujjatda ham aks ettirilgan. Xodimlarning ish haqi kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 18-bandning ikkinchi xatboshisidan “qurilishida bevosita” so‘zlarini olib tashlashmoqchi.

    Ikkinchidan, Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l hamda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanlarida 1,2 miqdordagi tuman koeffitsiyentini joriy etish. Tabiiy-iqlim sharoitlarini qo‘shimcha tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, yilda havo harorati 41 darajadan ortiq kunlar, chang-to‘zonli bo‘ron va yog‘inlarning o‘rtacha yillik me’yori (keskin qiymat) bu yerda mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlardan jiddiy ravishda oshadi.

    Loyihaga ilova qilingan tushuntirish xatiga asosan, tuman koeffitsiyentlari 17,3 ming nafardan ziyod budjet xodimlari va barcha xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarni qamrab oladi. Ushbu chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 37 milliard so‘m budjet mablag‘lari talab etiladi.

    Shuningdek, ishchi-xodimlarga ushbu tumanlarda qo‘shimcha mehnat ta’tilining eng kam muddatini (2 ish kuni) belgilash rejalashtirilmoqda.

    Uchinchidan, kasbning ishlab chiqarish jarayonidagi ahamiyati hamda mehnatning murakkabligi va shartlaridan kelib chiqib, tarmoq koeffitsiyentlarini tarif stavkalari guruhlari bilan bog‘lagan holda rangli metallurgiya korxonalarida tarif stavkalari guruhlari tizimini joriy etish. Uran va toriy konlarida qazib olish bilan shug‘ullanuvchi xodimlarga ham oshirilgan tarmoq koeffitsiyentlarini belgilash taklif qilinmoqda.

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida shu tariqa mehnatga haq to‘lash tizimini tartibga solish ta’minlanadi va xodimlarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi, degan fikrda.

    Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

    23.01.2020, 11:52   Izoh (0)   27598
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdan Bishkekka parvoz qilgan samolyot noqulay ob-havo sabab ortga qaytarildi

    23.01.2020, 11:37

    Yunusobod tumanida issiqlik ta’minoti uzildi

    23.01.2020, 11:21

    O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti uchun faqatgina isitish davrida pul to‘lash taklif etildi

    23.01.2020, 11:05

    Qashqadaryoda fuqaroning uyidan ichida 1120 dollar va 57,5 mln so‘m bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi

    23.01.2020, 10:51

    O‘zbekiston 2019-yilda benzin ishlab chiqarishni qisqartirgani ma’lum bo‘ldi

    23.01.2020, 10:36

    Shavkat Mirziyoyev: “Yiliga kamida 500 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish yangi hukumat oldidagi eng muhim vazifalar bo‘lishi shart”

    23.01.2020, 10:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.