Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2019-yilning yanvar—dekabr oylarida O‘zbekistonda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2018-yilning shu davriga nisbatan kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Inbusiness

Foto: Inbusiness

Ta’kidlanishicha, 2018-yilning shu davrida 1 147,0 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019-yilda ushbu ko‘rsatkich 1 025,1 ming tonnani tashkil etgan.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi. 2018-yilda 1 080,8 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019-yilda — 1 030,5 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019-yil yanvar—dekabr oylarida neft qazib olishni 2018-yilning shu davriga nisbatan (745,7 ming tonna) qisqartirdi — 698,6 ming tonnagacha.

2019-yil yanvar—dekabr oylarida tabiiy gaz qazib olish 59,4 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018-yilning shu davriga nisbatan kam (60,3 milliard kub metr).

Shuningdek, o‘tgan yil davomida O‘zbekiston 2,09 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018-yilning shu davriga nisbatan kam (2,14 million tonna).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi
Dunyo
Iordaniya shahzodasining dabdabali to‘yi, sirkdan qochgan lamalar, plakat “ushlab olgan” it — 2-iyun suratlari
Dunyo
Yaponiyada “Mavar” to‘foni tufayli milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi