Turkmanistonning Ashxobod xalqaro aeroporti alyuminiydan ishlangan eng katta uch o‘lchamli tomga ega aeroprt sifatida tan olindi. Mazkur rekord haqida World Record Academy ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, avvalroq World Record Academy Ashxobod aeroportiga qush ko‘rinishida ishlangan eng katta bino uchun rekordni qayd etgan. Aeroport binosi quloch ochib turgan lochin ko‘rinishida qad rostlagan.
Mazkur aeroport 2016-yilda qurilgan bo‘lib, u turkman gilamlarida qo‘llanuvchi naqshning eng katta tasviri bilan Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. Bu haqidagi sertifikat aeroport ochilishi vaqtida taqdim etilgan.
1200 gektar maydonda joylashgan aeroport har soatda 1600 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.
Izoh (0)