AQShda ommaviy ravishda Facebook foydalanuvchilari tomonidan yuklangan suratlarni tahlil qiluvchi hamda yuzni taniy oladigan Clearview AI dasturidan foydalanish boshlandi, deb xabar berdi Meduza.
Facebook’dan tashqari, dastur YouTube va boshqa millionlab boshqa saytlardagi suratlarni ham aniqlab beradi.
Clearview hammasi bo‘lib uch milliardgacha suratlarni tahlil qila oladi.
Qayd etilishicha, Clearview ijtimoiy tarmoq shartlarini buzgan holda suratlarni to‘playdi.
Hozirda Facebook ushbu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.
Ayni damda dasturdan AQShdagi 600 ga yaqin politsiya departamentlari foydalanmoqda. Clearview egalari unga kirishni ikki ming dollarga sotmoqda.
Dastur foydalanuvchisi gumonlanuvchi shaxsning suratini unga yuklaydi, tizim esa ochiq akkauntlardan boshqa rasmlarni topib beradi.
Izoh (0)