Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni feldmarshal Halifa Xaftar kelishuv bitimini imzolamay Berlin konferensiyasini tark etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Xabarda aytilishicha, u o‘zini g‘alati tutgan. Telefonini o‘chirib, aloqaga chiqmagan, hech kimni ogohlantirmay ketib qolgan.
Avvalroq Liviyaning urushayotgan tomonlari va bir qancha xorijiy kuchlarning rahbarlari Shimoliy Afrika mamlakatidagi uzoq davom etgan mojaroni to‘xtatish yo‘llarini muhokama qilish uchun Berlinda uchrashgani haqida xabar berilgan edi.
“Kommersant” ushbu xalqaro konferensiya barbod bo‘lganini ma’lum qilgan. Konferensiyadan so‘ng barcha mamlakat yetakchilari aeroportga ketgan, brifingda faqat tomonlarni qabul qilgan mezbon davlat vakili — Germaniya kansleri Angela Merkel va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish qolgan.
Izoh (0)