Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining iste’foga chiqarishini so‘ragan mamlakat bosh vaziri Aleksey Goncharukning arizasini rad etdi, deb xabar beradi Meduza.
“Men bugun sizning ishdan bo‘shash haqidagi arizangizni oldim va so‘nggi vaqtlarda sodir bo‘layotgan mojaroviy vaziyatlar yoki qanday ataymiz, yoqimsiz holatlar sabab… Agar siz bugungi kunda jamiyatimizni xavotirga solayotgan juda muhim masalalarni hal etsangiz sizga va sizning hukumatingizga imkoniyat berishga qaror qildim”, — deydi Zelenskiy Goncharuk bilan uchrashuvda.
Ukraina qonunchiligiga ko‘ra bosh vazirning iste’fosiga oid masalani Oliy Rada ko‘rib chiqadi. Zelenskiy Goncharukni ishdan bo‘shatishi uchun uning arizasini parlament Spikeriga jo‘natishi kerak. Radada ko‘pchilikni tashkil etuvchi “Xalq xizmatkori” partiyasi agar Zelenskiy qo‘llab-quvvatlasa Goncharukning iste’fosini ma’qullashlarini ma’lum qilgandi.
Shu kunlarda internetda Goncharuk bilan bog‘liq mojaroli audioyozuvlar tarqalgan, ularda Ukraina bosh vaziri ekani aytilgan ovoz sohibi Milliy bank rahbari va Moliya vaziri bilan birga mamlakat iqtisodiy siyosatini muhokama qilishgani, ular prezident Vladimir Zelenskiyni iqtisodiy siyosatda layoqatsizligi haqida gaplashishgani aks etgandi.
Izoh (0)