O‘zbekistonlik 4 nafar erkak Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bosqinchilik qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda “Fontanka.ru” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur shaxslar 2019-yilning 21-dekabr kuni bir yo‘lovchining ikkita telefoni va bank plastik kartasini olib qo‘ygan. Bosqinchilar 2020-yil 5-yanvar kuni esa Sankt-Peterburgdagi Veteranlar ko‘chasida taksichining mashinasini egallab olgan.
Nashrning yozishicha, erkaklarning eng kattasi — 32 yoshda, eng kichigi esa 22 yoshda. Ular 5-yanvar kuni Kia rusumli taksiga o‘tirgan. Jinoiy guruh a’zolari haydovchini bo‘g‘ib, uning mashinasini olib qochgan.
Ma’lum qilinishicha, guruh a’zolari o‘g‘irlangan narsalarni sotishga ulgurmagan. Ular politsiya tomonidan musodara qilingan va o‘z egalariga qaytariladi.
Izoh (0)