O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Perekryostka” mahsulot taqsimlash markazidan 1,5 million rubl (225 million so‘mdan ortiq) miqdoridagi oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda “Fontanka.ru” xabar berdi.
Xabar berilishicha, 49 yoshli o‘zbekistonlik erkak markazdan katta miqdorda choy va kofe o‘g‘irlagan.
Nashrning ma’lum qilishicha, 13-yanvar, dushanba kuni erkak qo‘lga olingan, u bir kun avval 1,5 million rubl qiymatdagi choy, kofe, pechenye va shokoladni furgonda o‘g‘irlab ketganlikda gumon qilinmoqda. Qo‘lga olish vaqtida erkakda o‘g‘irlangan mahsulotlar topilmagan. Unga nisbatan o‘g‘irlik moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)