Qashqadaryolik tadbirkor O‘tkir Ostonov “Daryo”ga Qarshi shahar prokurori Aktam Navro‘zov ustidan shikoyat qilib, uning haddidan oshgani haqida so‘zlab bergandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning “Xabar.uz” so‘roviga javoban ma’lum qilishicha, prokuror ishi o‘rganilmoqda.
— Har doimgi ish vaqtimiz Qarshi shahar prokurori Aktam Navro‘zov IIB xodimlaridan iborat 10—15 kishi bilan restoranimizga bostirib kirib, musiqa qo‘yilgan kompyuterimizni tepib sindirdi, o‘yin-kulgi qilayotgan mijozlarimizni esa qo‘lini orqaga qayirib, jinoyatchidek sudrab olib chiqdi, — deya voqeani so‘zlab bergandi tadbirkor. O‘tkir Ostonovning aytishicha, prokuror “bola-chaqang borku, shunday harom yedirasanmi?”, — deya o‘dag‘aylagan, ammo sababini aytmagan. IIB xodimlari esa kuzatuv kamerasidagi videolar yozilgan xotirani ham olib ketgan.
Izoh (0)