• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Kompyuterni tepib sindirdi, mijozlarni jinoyatchidek qo‘lini qayirib, sudrab olib chiqdi”. Tadbirkor Qarshi shahar prokurorini zo‘ravonlikda ayblamoqda

    Qashqadaryolik tadbirkor prokurorni restoraniga bostirib kirib, kompyuterini tepib sindirishda va mijozlarini jinoyatchidek qo‘lini orqaga qayirib, olib chiqib ketishda ayblamoqda.

    O‘tkir Ostonov

    O‘tkir Ostonov
    Foto: “Daryo”

    Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan qarshilik tadbirkor O‘tkir Ostonov voqea 2020-yil 11-yanvar kuni tungi soat 22:30 da sodir bo‘lganini aytmoqda.

    — Har doimgi ish vaqtimiz Qarshi shahar prokurori Aktam Navro‘zov IIB xodimlaridan iborat 10-15 kishi bilan restoranimizga bostirib kirib, musiqa qo‘yilgan kompyuterimizni tepib sindirdi, o‘yin-kulgi qilayotgan mijozlarimizni esa qo‘lini orqaga qayirib, jinoyatchidek sudrab olib chiqdi, — deydi O‘tkir Ostonov. — Sababini so‘rasam, “bola-chaqang borku, shunday harom yedirasanmi?”, — deya o‘dag‘aylab ketdi. Men esa qaysi ishim xatoligini so‘radim. Javob berishmadi. Xonamga chiqib, kuzatuv kamerasidagi videolar yozilgan xotirani ham olib ketishdi.

    Singan kompyuter

    Singan kompyuter
    Foto: Aziz Jumanazarov

    Tadbirkorning “Daryo” muxbiriga aytishicha, “3 Palma” deb nomlanuvchi oshxona-restorani asosan kechki payt faoliyat yuritadi. U shu tadbirkorligi bilan 20 nafar kishini ish bilan ta’minlagan. Har oy davlatga 8—10 million so‘m soliq to‘laydi.

    — Choyxonamning ish faoliyati sabab 20 nafar kishini ish bilan ta’minlaganman, oyiga 8—10 million so‘m soliq to‘layman, — deydi O‘tkir Ostonov. — Nega bunday muomala qilishdi, tushunolmadim.

    Foto: “Daryo”

    Tadbirkorning aytishicha, “tungi reyd”dan bir kun oldin Qarshi shahar IIB boshlig‘ining Elmurod ismli o‘rinbosari uni chaqirib, kechki payt 23:00 dan keyin faoliyat yuritmayman, degan mazmunda tushuntirish xati yozib berishini so‘ragan. Tadbirkor esa bu talabga javoban tadbirkor sifatida 24 soat ham faoliyat yuritishi mumkinligini, tunda ish faoliyatini davom ettirishi uchun barcha talablarni bajarganini aytgan. Va tungi soat 23:00 da musiqani o‘chirishini, ammo ovqatlanish uchun o‘tirgan mijozlarini o‘sha payt chiqarib yuborolmasligini aytgan.

    Tadbirkorning aniqlik kiritishicha, tungi restoranlar agar kuzatuv kameralari ishlab tursa, qo‘riqlash xizmati bilan shartnomasi bo‘lsa va biror kelishmovchilik yuz bergan payt qo‘riqlash xodimlari yetib keladigan “trevoga” tugmasi ishlab tursa, u 24 soat faoliyat yuritishi mumkin.

    — Bir kun oldin qo‘yilgan talabni bajarmaganim sabab 2020-yil 11-yanvar kuni bostirib kelib, zo‘ravonlik qilishdi, — deydi O‘tkir Ostonov.

    Elbek Qurbonov

    Elbek Qurbonov
    Foto: “Daryo”

    Prokurorga qo‘yilayotgan aybni restoran ishchisi Elbek Qurbonov ham tasdiqlab, voqeaga guvoh bo‘lganini aytmoqda.

    — Tasodifan 10—15 kishi kirib kelishdi va ichkarini syomka qila boshlashdi, oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas fuqaro kiyimidagi bir kishi stol ustida turgan kompyuterni tepib, sindirdi. Va mijozlarning qo‘lini orqaga qayirib, olib chiqib ketdi.

    Noutbuk egasi Aziz Jumanazarovning aytishicha, kompyuterini haqiqatdan ham prokuror tepib sindirgan.

    Aziz Jumanazarov

    Aziz Jumanazarov
    Foto: “Daryo”

    — Kompyuterimni sindirishgach, restoran egasiga shikoyat qildim, — deydi Aziz Jumanazarov. — U kishi “sindirgan odamga boring” — dedi. Shu sabab avval prokuraturaning 10-07 qisqa raqamlariga, so‘ngra Ichki ishlar vazirligining 11-02 raqamiga chiqdim va shikoyatimni qoldirdim. 15—20 kunda o‘rganib, natijasini aytamiz deyishdi. Qonunlarimizda mulk daxlsizligi belgilangan-ku, nega prokuror mening mulkimni yaroqsiz holga keltiradi?

    Tadbirkor O‘tkir Ostonovning ma’lumot berishicha, mazkur murojaatdan so‘ng Qarshi shahar 2-sonli IIB boshlig‘i Alisher Jo‘rayev tadbirkorni chaqirib, Aziz ismli ishchisini chaqirishini, murojaatni yopish uchun da’voyim yo‘q degan tushuntirish xati yozib berishlarini so‘ragan. Tabiiyki, tadbirkor buni rad etgan.

    O‘sha kuni restoran mijozlariga xizmat ko‘rsatgan ishchi Dildora Jamolova ham stol ustidagi noutbuk tepib sindirilganini, ammo tepgan kishini tanimasligini bildirdi.

    Dildora Jamolova

    Dildora Jamolova
    Foto: “Daryo”

    — Noutbuk tepib sindirildi va baqir-chaqir boshlandi, shunda bizni ham xonadan chiqarib yuborishdi, — deydi Dildora Jamolova. — Noutbukni tepgan kishini tanimayman. Ammo mijozlarning qo‘li qayrilib olib chiqilgani ham bor gap.

    Voqea sodir bo‘lgan kuni restoranda mijoz sifatida o‘tirgan Salohiddin Xushmurodov hamda Shohrux Jabborovning aytishicha, noutbukni fuqaro kiyimidagi shaxs tepib sindirgan. Va Shohrux Jabborovni aynan o‘sha shaxs tilga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan so‘kib, ko‘chaga sudrab olib chiqqan.

    — O‘sha kompyuterni tepib sindirgan fuqaro kiyimidagi kishi avvaliga meni haqorat qildi va bo‘ynimdan ushlab, ko‘chaga sudrab olib chiqdi. Milliy gvardiya mashinasida IIBga olib ketishdi. U yerda yarim soat ushlab turishib, so‘ngra qo‘yib yuborishdi. Nega IIBga olib borishdi, bilmayman.

    Singan kompyuter

    Singan kompyuter
    Foto: “Daryo”

    “Daryo”ga shikoyat qilgan tadbirkor IIB xodimlari olib ketgan kuzatuv kamerasi xotirasida barcha voqea yozilganini aytib, xotira haligacha qaytarib berilmaganini bildirdi.

    Mazkur holatga izoh olish maqsadida Qashqadaryo viloyati prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatiga bog‘landik.

    Viloyat IIB axborot xizmatining aytishicha, kuzatuv kameralarining xotirasi 2019-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan voqea (aytilishicha, o‘sha kuni mazkur restoranda qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish holati kuzatilgan) internet tarmoqlarida tarqalib ketmasligining oldini olish maqsadida olib qo‘yilgan. Qiziq, voqea 2019-yil 4-dekabr kuni sodir etilgan bo‘lsa-yu, kamera yozuvlari 2020-yil 11-yanvar kuni olingan. Voqeadan bir oyu besh kun vaqt o‘tgach, kamerada yozuv borligi IIB xodimlarining yodiga tushgan bo‘lib chiqadimi shunda?

    Viloyat prokuraturasi esa mazkur voqea xususida hozircha hech qanday ma’lumot bermadi.

    16.01.2020, 18:05   Izoh (0)   75884
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada YTH sodir etib, 2 kishining o‘limiga sabab bo‘lgani uchun sudlanadi

    16.01.2020, 17:25

    “O‘zgidromet” 17-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    16.01.2020, 17:04

    Toshkent viloyatidagi YPX postida qalbaki dollar olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    16.01.2020, 16:49

    Toshkent prokuraturasi Narimon Grigoryanning murdasi aks etgan videorolik uchun uzr so‘radi

    16.01.2020, 15:59

    Peterburgda YPX inspektoridan Nexia’da qochgan o‘zbekistonlik avariyaga uchrab yonib ketdi

    16.01.2020, 15:47

    Rossiyada xizmatlar ko‘rsatish markazi xodimasi O‘zbekiston fuqarosiga qo‘pollik qilgani uchun jazolandi

    16.01.2020, 15:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlar tarqatilishi oldi olinadi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 13:45

    Eronda ayol 11 nafar erini o‘ldirganlikda ayblandi

    Dunyo | 12 avgust, 13:19

    Zelenskiy Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlardan voz kechishga tayyor — The Telegraph

    Dunyo | 12 avgust, 12:59

    Himolay tog‘larining 97 ta cho‘qqisiga chiqish bepul bo‘ladi

    Dunyo | 12 avgust, 12:45

    “Barselona” prezidenti 2025-yilgi “Oltin to‘p” g‘olibi kim bo‘lishi kerakligini aytdi

    Sport | 12 avgust, 12:40

    O‘zbekistondagi ikkita dor yo‘li faoliyatiga qat’iy taqiq qo‘yildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 12:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.