• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Navoiyda emlangan mollar nobud bo‘lgani aniqlandi. Davlat veterinariya qo‘mitasi vaziyatga oydinlik kiritdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida bradzot kasalligiga qarshi emlangandan so‘ng mayda shoxli mollarning nobud bo‘layotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. O‘zAning yozishicha, holat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan batafsil o‘rganildi.

    Foto: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

    Foto: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

    Ma’lum bo‘lishicha, voqea Navbahor tumani “Ergash Husen” fermer xo‘jaligida sodir bo‘lgan. Xo‘jalik tumanning Sarmish tog‘li hududida joylashgan bo‘lib, tasarrufida 800 bosh mayda shoxli mol mavjud. Otardagi qo‘ylar 2019-yil 26-dekabr kuni bradzot kasalligiga qarshi emlangan. 2020-yil 7-yanvaridan 11-yanvarigacha otarda 15 bosh qo‘y va echki nobud bo‘lgan.

    Navbahor tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari tomonidan 7-yanvar kuni nobud bo‘lgan 1 bosh echki va 1 bosh qo‘y patanatomik yorib ko‘rilgan. Yorib ko‘rish natijasi bo‘yicha ushbu mollarda oshqozon-ichak tizimida kuchli shamollash hamda kataral pnevmoniya belgilari kuzatilgan, bradzot kasalligi qo‘zg‘atuvchilari esa aniqlanmagan.

    O‘rganishlar natijasida “Ergash Husen” fermer xo‘jaligi chorva mollari kechasi va ertalab yaylovda boqilishi, tog‘li joyda kechasi harorat — 5-7 darajagacha sovib ketishi, shudring ertalab soat 10—11 largacha saqlanib turishi, har kuni sovuq shamol esayotgan pallada suruvning ochiq yotoqda saqlanishi holatlari aniqlangan. Ta’kidlanishicha, bunday holatlar “Ergash Husen” fermer xo‘jaligi chorva mollarining ba’zilarida shamollashning kelib chiqishiga omil bo‘lgan.

    Qo‘ylarni emlashda foydalanilgan preparat “Hayvonlarning klostridioz kasalliklariga qarshi emlama” bo‘lib, barcha ko‘rsatkichlar, shu jumladan sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilangan me’yor va talablarga mos bo‘lib, tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega.

    Ushbu qo‘ylarning bradzot kasalligini oldini olish uchun qo‘llaniladigan emlama faolsizlantirilgan, zararsiz emlama bo‘lib, hayvon organizmiga yuborilganda kasallik keltirib chiqarish xususiyatiga ega emas.

    “Ijtimoiy tarmoqlarda Navbahor tumanida bradzot kasalligiga qarshi emlangandan so‘ng mayda shoxli mollarning nobud bo‘layotganligi to‘g‘risida xabarlar asossiz bo‘lib, 2019-yilda Navbahor tumanida 26 ming boshdan ortiq, joriy yilning o‘tgan davrida 2 ming boshga yaqin mayda shoxli mollar ushbu kasallikka qarshi emlangan. Shu kungacha biror xo‘jalik mollarida asoratlari kuzatilmagan”, — deyiladi xabarda.

    14.01.2020, 13:57   Izoh (0)   22908
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sho‘rchidagi maktab-internatning sobiq g‘aznachisi sheriklari bilan birga 278 xodimning ish haqini “yeb ketgani” aniqlandi

    14.01.2020, 13:42

    Abdulaziz Komilov Ummonning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi

    14.01.2020, 13:27

    O‘zbekistonning har bir hududida “Yoshlar texnoparki” tashkil etiladi

    14.01.2020, 13:13

    O‘zbekistonda jurnalistlik faoliyatga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik joriy etiladi

    14.01.2020, 12:59

    Buxoroda kelin o‘z uyidan 7 ming dollar o‘g‘irladi

    14.01.2020, 12:29

    “Haydovchilar, migrantlar, mardikorlarning hayotini qiyinlashtiradigan qonunlar — adolatli qonunlar emas”

    14.01.2020, 12:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.