13-yanvar, dushanba kuni xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonuninnig 2-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari viloyat Kengashi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan 24-Denov saylov okrugidan deputat Mirzayev Zoir Toirovichning nomzodini tasdiqladi.
Izoh (0)