Hindiston rasmiylari 13-yanvar, dushanbani Ummon sultoni Qobus bin Said vafoti munosabati bilan umummilliy motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Qobus bin Said oliy hazratlari 2020-yil 10-yanvarda vafot etdi. Oliy martabali shaxs bo‘lgan marhumga hurmat izhori sifatida Hindiston hukumati 13-yanvar kuni butun mamlakat bo‘ylab bir kunlik umummilliy motam e’lon qilishga qaror qildi”, — deyiladi vazirlik vakili xabarida.
Shu kuni Hindiston bayroqlari tushirilib, rasmiy ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilmaydi.
Ma’lumot uchun, Ummonni 1970-yildan beri boshqarib kelgan sulton uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 79 yoshida vafot etgandi.
Izoh (0)