Bugun O‘zbekiston hududida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”. Havo harorati 5—10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Ertaga, 11-yanvarda ham respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat shundayligicha saqlanib turadi. Kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni havo oqimlari almashadi: quruq havo oqimi o‘rnini Kaspiy dengizi hududidan kiradigan nam va sovuq havo oqimi egallaydi. U butun respublika hududiga ta’sir ko‘rsatadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi va kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)