FVV Telegram’dagi “Navoiy kanal” kanalida tarqalgan “Navoiyazot” AJda uchta truba yorilgani haqidagi xabar yuzasidan “Daryo”ga ma’lumot taqdim etdi.
Qayd etilishicha, ushbu avariya aslida “Navoiyazot” AJda emas, balki Navoiy issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan.
“Navoiy shahri Inspektorlar ko‘chasida joylashgan ‘Navoiy IES’ AJning issiqlik trubasi yuk avtomobilining tegib ketishi natijasida yorilgan. Hozirda avariya bartaraf etilgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)