6-yanvar kuni Toshkent shahridagi Mustaqillik shoh ko‘chasidan chap tomonga — Oqqo‘rg‘on ko‘chasiga (shahar markazidan harakatlanganda) burilish yo‘li ochildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Svetoforga chap tomonga burilish imkonini beruvchi yana bir seksiya qo‘shilgan. Ammo “To‘g‘riga harakat” yo‘l belgisi hamon turibdi.
Burilishning ochilishi 71-sonli maktab chorrahasidagi mashinalar oqimini sezilarli darajada kamaytiradi, chunki ortga qaytib kelish uchun bir necha kilometr yurish kerak edi. Shuningdek, minglab haydovchi va yo‘lovchilarining vaqti tejaladi.
Uzoq yillar davomida yopiq bo‘lgan poytaxtdagi ayrim ko‘chalar, Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylanganidan keyin ochilishni boshladi. 2015-yilning avgustida Oqqo‘rg‘on ko‘chasidan Mustaqillik tomon eltuvchi Parket hamda “Buyuk ipak yo‘li” metro bekati yo‘llari temir panjaralar bilan to‘liq yopilgandi.
Izoh (0)