“O‘zgidromet” markazi 5-yanvar, yakshanba kuni uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. Xabar berishlaricha, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 5—10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+3 daraja, kunduzi +7...+9 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -8...-3 daraja sovuq, kunduzi -2...+3 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3 daraja iliq, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5—10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3 daraja iliq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -8...-3 daraja sovuq, kunduzi -3...+2 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)