Tashkent City’da 31-dekabr oqshomida 250 ta dron vositasida yirik ko‘lamli tomosha tashkil etildi. Dronlar 150 metr balandlik va 250 metr kenglikda harakatlanib, O‘zbekistonga oid yozuvlar, har turli shakllarni hosil qildi.
Avvalroq Toshkent shahar hokimligi ob-havo sharoiti noqulayligi bois poytaxtda 2020-yil kirib kelishi munosabati bilan bayram mushakbozligi bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)