“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent shahar hokimligi hamkorligida o‘tkazilayotgan tomosha Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan.
Qo‘mita matbuot xizmatiga ko‘ra, 20:00 dan keyin boshlanishi rejalashtirilayotgan shouda 250 ta dronning parvozi nazarda tutilgan bo‘lib, bunday yirik ko‘lamli tomosha Markaziy Osiyoda ilk marotaba tashkil etildi.
Dronlar 150 metr balandlikda va 250 metr kenglikda harakatlanadi. Mazkur dronlar 2019 yil dekabr oyida “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tomonidan Xitoydan olib kelingan bo‘lib, ularning soni bugungi kunda 300 tani tashkil etadi.
Kelgusida ularning sonini 1000 taga yetkazish rejalashtirilgan. Dronlar yaqin yillarda O‘zbekistonda ham ishlab chiqarila boshlanadi.
Izoh (0)