• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev 2020-yil uchun topshiriqlar berdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning oxirgi ish kunida parlament palatalari rahbarlari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari bilan uchrashib, yil yakunlarini sarhisob qildi va 2020-yildagi muhim vazifalarni belgilab berdi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident bugun erishilgan natijalar hali marra emasligi, davlat oldida aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirish, imkoniyatlardan kengroq foydalanish uchun 2020-yil sinov yili bo‘lishini ta’kidladi.

    Yig‘ilishda 2019-yilda yo‘l qo‘yilgan xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, 2020-yilga belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish, mas’ul ijrochilar va muddatlarni belgilab olish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, bevosita joylarga borib, ularning ijrosini tashkil qilish va doimiy nazoratni ta’minlash kerakligi aytib o‘tildi.

    Vazirlar Mahkamasi ijro hokimiyati faoliyatini samarali tashkil etib, har bir vazirlik, davlat qo‘mitasi va boshqa idoralarning 2020-yil har choragi uchun faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqib, ijrosini qat’iy nazoratga olishi zarurligi qayd etildi. Kelgusi yilda davlat korxonalarini samarali boshqarish va iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurligi ta’kidlandi.

    Investitsiya dasturidagi infratuzilma obyektlarini qurish va ishga tushirish bo‘yicha yangi tizim joriy etish, transport, ayniqsa, temir yo‘l va aviatsiya sohasida boshlangan islohotlarni jadallashtirish vazifasi qo‘yildi.

    Qurilish-pudrat va loyiha bozorini tartibga solish, bu bozorda erkin raqobat muhitini va zamonaviy shaharsozlik me’yorlarini joriy etish, qurilishni arzonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti sohasidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inflyatsiyani pasaytirish, narx-navoni shakllantirishni to‘liq bozor munosabatlariga o‘tkazish, erkin raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, iste’mol tovarlarni, ayniqsa, oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va xarajatlarni kamaytirish orqali narx-navoning keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bank tizimidagi islohotlarni davom ettirish, qulay va sifatli bank xizmatlarini kengaytirish ham muhimligi ta’kidlandi.

    O‘zbek xalqida tadbirkorlik tashabbuslarini oshirish, boqimandalik kayfiyatidan xalos etish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Mamlakatimizda qulay biznes muhitini yaratish, jumladan, soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish, axborot texnologiyalarini keng qo‘llash va inson omilini maksimal qisqartirish zarurligi ta’kidlandi.

    Tashqi savdo va investitsiya borasidagi ishlarni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va xorijiy kreditlarni samarali ishlatish, ularni aniq natija beradigan loyihalarga yo‘naltirish, investorlar bilan manzilli ishlashni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Shuningdek, xorijiy tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlar va loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etib, aniq natijalarni ta’minlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirish, eksportning tarkibi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, yangi bozorlarga chiqish uchun tashqi savdoni tubdan takomillashtirish talab etiladi. Bojxona, standart, karantin kabi sohalarni isloh qilib, ularni tadbirkorga ko‘makchiga aylantirishni taqozo etadi.

    Yig‘ilishda ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm va boshqa ijtimoiy sohalardagi islohotlarni izchil davom ettirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

    Kelgusi yilda turistlar oqimini 7,5 millionga yetkazish va xizmatlar eksportini 1,5 milliard dollardan oshirish bu sohadagi eng ustuvor vazifaligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Yoshlarni, ayniqsa, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Prezident ta’kidlaganidek, oila oldidagi mas’uliyatni anglash, psixologik tayyorgarlik va oiladagi munosabatlarni to‘g‘ri o‘rnatish, oilada sog‘lom muhitni yarata olish zarur.

    Agrosanoat majmuiga kiruvchi tarmoq va soha rahbarlari uchun Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi ijrosini ta’minlash kelgusi yil uchun eng ustuvor vazifa bo‘lib qoladi. Bunda, paxta, g‘alla, sholi klasterlariga kerakli sharoitlar yaratish, yangi tizimda yuzaga keladigan muammolarni muntazam tahlil qilib, ularni bartaraf qilish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Shuningdek, yig‘ilishda neft-gaz, kimyo tarmoqlari, energetikani rivojlantirish, ushbu sohalarga xususiy sektor va investitsiyalarni faol jalb qilish, xomashyo qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda belgilangan topshiriqlarni to‘liq va sifatli amalga oshirish uchun barcha rahbarlar o‘z tizimida pastga tushib, xodimlar va resurslarni maksimal darajada safarbar qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan Senat raisi va Qonunchilik palatasi spikeri, bosh vazir va hukumat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari yig‘ilishda so‘zga chiqib, berilgan topshiriqlarni sifatli bajarish bo‘yicha sohalarda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yishlarini ta’kidladi.

    31.12.2019, 20:39   Izoh (0)   30955
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tashkent City’da 31-dekabr kuni dronlar shousi o‘tkaziladi

    31.12.2019, 19:54

    AQSh Davlat departamenti Nafosat Olloshukurovaning ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarilganini olqishladi

    31.12.2019, 19:15

    “Dehqonobodda bunday bozor borligi qashqadaryoliklar uchun uyat”. Zoir Mirzayev Dehqonoboddagi bozor muammosini o‘rgandi

    31.12.2019, 17:13

    Jizzaxdagi ko‘p qavatli turar joy qurilishida armaturasiz tomyopma plitalar ishlatilgan

    31.12.2019, 16:54

    FVVga o‘tkazilgan o‘t o‘chiruvchilar IIVga ishga qaytishi mumkinmi? (video)

    31.12.2019, 16:33

    Andijonda bloger tuhmat, haqorat va bezorilikda ayblanib, 15 sutkaga qamaldi

    31.12.2019, 15:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Trampni qiziqtirgan litiy konni egallab oldi

    Dunyo | 28 iyun, 15:15

    Nima uchun yozda kasal bo‘lish xavfliroq: ichak infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha oddiy maslahatlar

    Maslahatlar | 28 iyun, 14:55

    Polshada dunyodagi eng qadimgi bumerang topildi (foto)

    Dunyo | 28 iyun, 14:45

    Kosondagi bog‘chada 2,5 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 14:30

    Janubiy koreyalik aktyor Li Min Xo muxlislaridan juda ko‘p sovg‘a olgani uchun tanqid ostida qoldi

    Kino | 28 iyun, 14:25

    Simone Inzagi: “Bunday bahslar bizning o‘sishimizga yordam beradi”

    Sport | 28 iyun, 14:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.