• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    FVVga o‘tkazilgan o‘t o‘chiruvchilar IIVga ishga qaytishi mumkinmi? (video)

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 10-aprel kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifatli yangicha tizimini tatbiq etish to‘g‘risida”gi farmon hamda “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, 2019-yilning may oyida Ichki ishlar vazirligi (IIV) Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi (YoXBB) va uning hududiy bo‘linmalari Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tizimga o‘tkazilgan edi.

    So‘nggi vaqtlarda yong‘in xavfsizligi sohasida xizmat qilayotgan xodimlarning FVV tizimida ishni davom ettirishi bo‘yicha turli muammolar yuzaga kelayotgani xususida ijtimoiy tarmoqlar va OAVda xabarlar e’lon qilinmoqda. Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov IIV Kadrlar bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Farid Abdiyev bilan suhbatlashdi.

    — Farid aka, yong‘in xavfsizligi xodimlari 2019-yil may oyida FVV tizimga o‘tkazilgan bo‘lsa-da, bir qator muammolar borligi ko‘rinmoqda. Shunga oydinlik kiritsangiz, asosiy masala nimada?— Prezidentimizning 2019-yil 10-apreldagi farmoniga asosan, IIV tasarrufida bo‘lgan yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari, Yong‘in xavfsizligi instituti FVV tarkibiga o‘tkazildi. Farmon talablaridan kelib chiqib, IIV buyrug‘i imzolangan. Bunga asosan moddiy-tovar boyliklari, binolar topshirildi. Xodimlarning shaxsiy tarkibini o‘tkazish bo‘yicha ham ichki ishlar vaziriniig me’yoriy buyrug‘i imzolandi. Prezident farmoni va qarori talablaridan kelib chiqib, 2019-yil 11-may kuni yong‘in xavfsizligi xizmatining o‘sha vaqtda ishlab turgan barcha xodimlari IIV tasarrufidan FVV ixtiyoriga yuborilgan.

    Haqiqatan ham ushbu masala yuzasidan yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar va o‘zimizga ham ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda. Hozirgi kunda IIVda Yong‘in xavfsizligi xizmati tugatilgan, ya’ni bu xizmat bizning vazirlikda yo‘q. Yong‘in xavfsizli xizmati xodimlari FVV tasarrufida xizmat olib bormoqda. Xodimlar qaror talablari bilan tanishgan. Qaror talablarida 2020-yilning 1-yanvar kunidan xodimlarning harbiy maqomga o‘tishi belgilangan.

    Asosiy murojaatlar yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining IIV tizimiga qaytib ishga olish masalasida bo‘lmoqda. Avvalroq, 2019-yil boshida Qo‘riqlash xizmati ham IIVdan Milliy gvardiya tasarrufiga o‘tkazilgan edi. O‘shanda ham qo‘riqlash xizmatining ichki ishlar organlarida xizmatni davom ettirish istagidagi xodimlaridan murojaatlar bo‘lgandi. Shu masalada ham ijtimoiy tarmoqlarda turli tushunmovchiliklar bo‘lmoqda. Ular: “Qo‘riqlash xizmatidagilar IIVda qoldi-yu, nega biz (yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari) IIVda qololmaymiz?!”, degan savolni qo‘ymoqda.

    Xodimlar shuni tushunishlarini xohlardimki, yong‘in xavfsizligi xizmati — bu alohida xizmat. Ushbu soha mutaxassislari yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘qigan, amaliyotni ham shu yo‘nalishda olib borgan. IIVda yong‘in xafsizligi tugatilgandan keyin bu yo‘nalishda bizda ehtiyoj qolmagan, mutaxassiliklar bo‘yicha lavozimlarimiz ham yo‘q.

    Hozirgi kunda boshqa vazirlik va idoralardan ehtiyojga qarab ishga qabul qilish choralari ko‘rib chiqilmoqda. Bugungi kunda shaxsiy tarkib sonidan kelib chiqqanda 2 foizdan ko‘proq bo‘sh ish o‘rnimiz bor. Bu juda kam. FVVdan IIVga o‘tmoqchi bo‘lib murojaat yo‘llagan shaxslar alohida tartibda o‘rganilmoqda. Lekin ehtiyoj va bo‘sh lavozimlar bo‘lmagani uchun ularni ishga qabul qilishga imkoniyatimiz yo‘q.

    IIV Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari may oyida FVV tizimiga o‘tkazilgan bo‘lsa-da, 2019-yil uchun tasdiqlangan byudjet asosida oylik maosh olib kelmoqda. Prezidentimizning yong‘in xavfsizlii xixzmatini FVVga o‘tkazish bo‘yicha qabul qilgan qarorlariga ko‘ra, pul masalalarini tartibga solish maqsadida 2020-yil 1-yanvardan xizmat xodimlari bilan FVV shartnoma tuzilishi belgilangan. Bu bilan shahodatlangan xodimlarga harbiy xizmatchi maqomi beriladi, oylik maoshlari ham shunga moslashtiriladi. Menimcha, FVVning mas’ul xodimlari xizmat xodimlarini shartnoma tuzilishi bo‘yicha ogohlantirgan, shunda tushunmovchilik kelib chiqqan.

    Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining FVV tizimiga o‘tgan vaqtida hech qanday haq-huquqlari buzilmagan — o‘sha ish, o‘sh lavozim bilan ishlab kelishmoqda. Faqat ularga rahbarlik qiluvchi vazirlik o‘zgargan, xolos.

    — Balki murojaatlarda ham jon bordir? Ularning asosiy muammosi nimada ekanligi aniqlash maqsadida yakka tartibda ham suhbat olib borilganmi?— Bizda har bir murojaat alohida o‘rganiladi, kerak bo‘lsa arizachi bilan yakka tartibda suhbat o‘tkaziladi. Xuddi shu tartibda FVVdan IIVga o‘tmoqchi bo‘lgan xodimlar bilan ham yakka tartibda suhbat o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borilgan. FVVning mas’ul xodimlari ham murojaat tushgan har bir tuman va shaharga borib, xodimlar bilan tushuntirish ishlarini o‘tkazganidan xabarimiz ham bor.

    Biz ariza bilan chiqqan yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari bilan suhbat vaqtida FVVdan IIVga nima uchun o‘tmoqchiligi haqida so‘raganimizda, aniq sabablari ko‘rsatilgan javob ololmaganmiz. “Biz shu sohaga qiziqamiz, shu sohani tanlab ishga kirganmiz”, “imkoniyat beringlar, shu sohada ishni davom ettirmoqchimiz” yoki “yaqinlarim, otam shu sohada ishlagan, otamning ishini davom ettirmoqchiman”, deganga o‘xshash umumiy gaplar aytiladi. Lekin ularga qandaydir tazyiq o‘tkazilgani yoki haq-huqulari buzilgani, imtiyozlari kamaytirilganligi haqida murojaat kelib tushmagan.

    — 1-yanvardan FVV tizimiga o‘tkazilgan Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari bilan shartnoma tuzishda qonun buzilish holatlari qayd etiladigan bo‘lsa, ular qay tartibda murojaat qilishlari kerak?— Ularga harbiy maqom berilgani uchun, ularning murojaatlari bilan asosan Harbiy prokuratura shug‘ullanadi. Agar qonun buzilishi holatlari yuz beradigan bo‘lsa, o‘rnatilgan tartibda Harbiy prokuraturaga yoki yuqori turuvchi rahbariyatga murojaat qilishlari mumkin.

    Menimcha, bunday holat bo‘lmaydi. Chunki yaqinda ushbu masala yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda qatnashdik. FVV yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari bilan shartnoma imzolashga da’vat etilayotgani aytildi. Sababi, ularga ham xodim kerak. Xizmat ishini davom ettirish vazifasi ularga yuklatilgan.

    31.12.2019, 16:33   Izoh (0)   49327
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda bloger tuhmat, haqorat va bezorilikda ayblanib, 15 sutkaga qamaldi

    31.12.2019, 15:59

    Toshkentdan Moskvaga muntazam qatnovchi avtobusning birinchi reysi 3 kishiga xizmat ko‘rsatdi (video)

    31.12.2019, 15:11

    Svetlana Ortiqova: Mansabga o‘tirishdan oldin odamlar koloniyada 1-2 kun o‘tirib chiqsa, hech qachon jinoyatga qo‘l urmaydi

    31.12.2019, 13:57

    Harbiy orkestr jamoasi bugungi konsert dasturlari qayerda o‘tkazilishini ma’lum qildi

    31.12.2019, 12:35

    Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul xodimlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi

    31.12.2019, 11:55

    Senat raisi: “Tungi navbatchilik majburiy mehnatga kiradi”

    31.12.2019, 10:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlar bir yil davomida foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:05

    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi

    Reklama | 25 avgust, 12:00

    O‘zbekistonda suyunchi puli belgilangan miqdordan kam berilayotgani rad etildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 11:55

    Tojikistonda folbin va sehrgarga borganlar jarima to‘laydi

    Tojikiston | 25 avgust, 11:45

    Telegram messenjerida profilga musiqa qo‘shish imkoniyati paydo bo‘ladi

    Texnologiyalar | 25 avgust, 11:35

    “Real” oxirgi 10 yillikdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

    Sport | 25 avgust, 11:28

    Farg‘onada mulk talashib voyaga yetmagan ukasini o‘ldirgan akaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 11:10

    Afg‘onistonda ayrim fuqarolarga pasport berish taqiqlandi

    Afg'oniston | 25 avgust, 11:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.