Artel kompaniyasi barchangizni kirib kelayotgan yangi 2020-yil bilan samimiy muborakbod etadi. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi. Xonadoningizdan qut-baraka, to‘kin-sochinlik, yuzingizdan esa tabassum hech qachon arimasin. Yangi yil barchangizga yangi zafarlar, yangi g‘oyalar, ko‘pdan ko‘p baxt-quvonchga to‘la onlar va yoqimli taassurotlar olib kelishini tilab qoladi.
Yangi yil yurtimizdagi eng oilaviy bayramlardan biridir. Bu kun nafaqat jajji bolakaylar, balki kattalar uchun ham mo‘jizalarga boy.
Bolaligingizni eslang. Mitti bolakay bo‘la turib yaqinlaringizning bayramona tayyorgarliklarini eslaysizmi? Oyijoningiz turli mazali yangi yil taomlarini tayyorlaganini, dadajoningiz esa xonadoningizni yangi yil bezaklari bilan bezaganinichi? Sizga kichik topshiriq berishganida, bu topshiriqqa qanday mas’uliyat bilan yondashganingizni, uni muvaffaqiyat bilan bajargandan keyin esa ota-onangiz aytgan maqtov so‘zlarini eslaysizmi?
Yangi yil haqiqatan ham mo‘jizalar payti. Ammo haqiqiy mo‘jiza bu ro‘yobga oshgan orzular ham emas. Yangi yilning eng katta mo‘jizasi bu – bayramona dasturxon atrofida yig‘ilgan baxtli oila. Mo‘jiza bu shirindan-shirin taomlar pishiradigan oyijonlarimiz, xonadonni, archani yorqin chiroqlar bilan bezatadigan dadajonlarimiz, ota-onasiga yordam berishga shay turadigan jajji bolajonlarimiz. Oilalarimizdagi baxt, quvonch, shodlik hislari – haqiqiy va eng katta mo‘jizadir.
Artel kompaniyasi xonadoningizga baxt, oilangizga esa kichik yordamchilardan tilaydi. Hayotingiz doimo shodlik va quvonchga to‘la bo‘lsin. Barcha orzu niyatlaringiz, egu tilaklaringiz Yangi yilda amalga oshishini tilab qoladi. Yangi yil muborak, aziz do‘stlar!
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)