• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “Shubhalarga qaramay biz ishni bajara oldik...” — Tashkent City direksiyasi vakili bilan intervyu

    Yangi yil bayramida sovg‘a ulashish eng asosiy odatlardan biridir. Shu sababga ko‘ra, Tashkent City XIM direksiyasi ham bayram arafasida “Tashkent City XIM direksiyasi” DUK yuridik departamenti boshlig‘i Akmal Mansurov bilan eksklyuziv intervyu tayyorladi. Unda, xalqaro ishbilarmonlik markazini barpo etish g‘oyasi, bugungi kunda amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan ishlar hamda bajarib bo‘lingan ulkan va mashaqqatli mehnat natijalari haqida eng muhim va diqqatga sazovor ma’lumotlarni jamladik. Tashkent City’dan navbatdagi oshkoralikni kutib oling!

    • Toshkentda eng katta ishbilarmonlik markazi yaratilishi haqidagi ilk xabarlar Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil noyabr oyidagi saylovoldi kampaniyasi davomida paydo bo‘ldi. O‘sha paytda, siz shahrimiz qiyofasiga yangicha jabhalarni qo‘shayotgan jamoaning tarkibida bo‘lishingizni tasavvur qilganmidingiz?
    To‘g‘ri aytdingiz, Tashkent City qurilishi haqida rasmiy darajadagi ilk ma’lumotlar 2016-yil noyabr oyida, Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi davomida yoritila boshlandi.

    O‘qchi mahallasining buzilishi va honadon egalariga qulayroq sharoitdagi uylarni taqdim etilishi ancha vaqtdan buyon rejalashtirilayotgan masala edi. Mazkur hududni obodonlashtirish bo‘yicha so‘nggi yillar davomida bir nechta boshlang‘ich dasturlar taqdim etilgan-u, ammo rejadan amaliyotga o‘tishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgandi. Nihoyat, 2016-yil ohirida davlatimiz rahbari tomonidan yangi, rivojlanayotgan O‘zbekistonning timsoli bo‘ladigan xalqaro ishbilarmonlik markazini qurish vazifasi belgilandi.

    Savolning ikkinchi qismiga keladigan bo‘lsak, mening loyihadagi ishtirokim 2018-yildan boshlanadi. O‘sha paytda men yaxshi niyatlar albatta amalga oshishiga yana bir bor amin bo‘ldim. Sababi, sal avvalroq OAV sahifalaridan birida Tashkent City ishga tushirilayotganligi haqidagi yangilikka ko‘zim tushdi. Bu qadar salmoqli loyihani amalga oshirish g‘oyasining o‘zi menda kuchli qiziqish uyg‘otdi va ruhlantirdi, shuning uchun u haqda chuqurrok o‘rganishni qaror qildim. Taqdir taqozosi bilan, loyihaga huquqiy ko‘mak berish uchun mamlakatimizdagi eng kuchli yuridik kompaniyalaridan saralab olingan ekspertlar orasida men ham taklif etildim. Bu qadar kuchli mutaxassislar orasiga tushushimni unda o‘ylab ham ko‘rmagandim. Aslida bu yo‘nalish aynan mening ish sohamga tegishli, yaqin 19 yil davomida biznes va xo‘jalik subyektlariga yuridik ko‘mak berish bo‘yicha faoliyat olib boraman.

    Hozirda O‘zbekiston xorijiy mablag‘lar uchun ijobiy tomondan ochilmoqda. Milliy shaharsozlik tarixida birinchi bu qadar keng qamrovli loyixa sanalmish Tashkent City ham buning yaqqol isbotidir. Bu yerda avvallari mamlakatimizda ishlatilmagan, yangi qurilish va muxandislik texnologiyalari ilk bor qo‘llanilmoqda. Mana shu sabablarga ko‘ra bu qadar loyiha ustida ish olib borayotgan mutaxassislar orasida ekanligimdan bexad xursandman.

    • Demak, 2016-yil noyabr oyi. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida eng qizg‘in muhokamaga sabab mavzulardan biri Tashkent City bo‘ldi. O‘shanda loyihaning amalga oshirilishi yoki-da muvafaqqiyatli bo‘lishiga ko‘pchilik shubha bilan qaragan edi. Hozir mamlakatimizdagi eng katta obyekt qurilishi boshlanganligi haqida rasmiy xabar berilganiga uch yil bo‘ldi. Bunday mas’uliyatli va murakkab ish jarayoni nimadan boshlanganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot bera olasizmi?
    Bu kabi loyiha mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchisi bo‘lganligi uchun, u boshidanoq barcha media resurslar va omma e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Tashkent City haqiqatdan ham nafaqat poytaxtimiz, balki butun davlat uchun noyob, asrga tatigulik obyekt deya qo‘rqmasdan aytish mumkin. Qurilish ishlarini boshlashga bo‘lgan bir necha muvafaqqiyatsiz harakatdan so‘ng, bu safar barchasi haqiqiysiga boshlanishiga ko‘pchilik ishonmay ham qo‘ygandi. Amalda esa, 2017-yildayoq loyiha ustida ishlar boshlandi. Birinchi bosqichdagi oldimizda turgan eng asosiy vazifa ishbilarmonlik markazi joylashishi rejalashtirilgan hudud aholisini qurilish boshlanayotganligidan xabardor qilish edi. Tadqiqot va o‘rganishlar natijasida 521 ta uy binolarida ro‘yxatdan o‘tgan 2165 ta oila borligi, ulardan 1138 tasi esa u yerda doimiy yashashi aniqlandi. So‘ngra odamlarni yangi joyga ko‘chirish va kompensatsiyalarni to‘lab berish masalasi ko‘tarildi. O‘tkazilgan suhbat natijasida, mahalliy aholi uylarda na markaziy isitish yoki suv bilan ta’minlash, na kanalizatsiya tizimi yo‘qligi tufayli ko‘pdan beri uy sharoitlarini yaxshilash niyatida ekanligini aniqladik. To‘g‘risini aytganda, 2017-yilda Toshkentning qoq markazida odamlar shahar sharoitiga mos bo‘lmagan uylarda yashaganligiga ishonish qiyin. Muhokamada, shuningdek, ko‘plab odamlar teng o‘lchamli maydonga ega hovli uylar emas, balki ko‘p qavatli xonadonlardan uy olish istagini bildirdilar. O‘z o‘rnida biz buni ham inobatga oldik. Yana bir e’tiborli jihat, yillar davomida o‘rnatilgan mahalla va qo‘shnichilik urf-odatlariga chek qo‘ymaslik uchun biz ularga uy qurib berish qarorini qabul qildik. Masalan, ulardan biri Toshkentning Yashnobod tumanidagi yangi qurilgan “Obod makon” turar joy majmuasida aholiga keng maydonli xonadonlar taqdim etildi.

    Keyingi bosqichda investorlarni izlash masalasi qo‘yildi. Umumiy hisobda 700 dan ortiq muzokaralar olib borildi. Mahalliy va xorijiy tadbirkorlarning katta qismi O‘zbekistondagi noloyiq investitsiya sharoiti va o‘tmishdagi xatolar tufayli shakllanib ulgurgan salbiy obraz evaziga taklifga rad javobini berdilar. Xususiy mablag‘ egalarini sarmoyalar o‘zini oqlashi, ular davlat himoyasida ekanligi hamda mamlakatdagi sharoit tubdan o‘zgarayotganliginiga ishontirish qiyin kechdi. Xattoki, mazkur loyihani amalga oshirish uchun qonuniy baza mukammallashtirilayotganligi, xususiy kapital himoyasini kuchaytirishga yo‘naltirilgan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi ham aytarlik yordam bermadi.

    Ohir oqibat O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlarga ishonch bildirayotgan investorlar topildi. Mamlakatimiz rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishni tanladilar va bu to‘g‘ri tanlov edi. Yuqorida ta’kidlanganidek, deyarli hech kim O‘qchi mahallasi aholisidan tortib, tadbirkor-u ekspertlar va jamoat ishonmasa ham loyiha qurilish ishlari boshlandi.

    Avvaliga davlat qonun bazasiga ishonmagan va yurtimiz rivojlanishiga shubha bilan qarab loyihada qatnashishdan bosh tortgan xorijiy investorlar, bugungi kunda qator yangi obyektlar qad ko‘tarishiga sarmoya kiritmoqdalar. Hech qanday shubhasiz aytishim mumkinki, Tashkent City O‘zbekistonga investitsiya kiritish mumkin va kerakligi hamda muvafaqqiyatli amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning yaqqol namunasi bo‘ldi.

    • Siz Tashkent City’ning mustahkam qonuniy asoslari hamda mahalliy va xorijiy investorlarning huquqiy himoyasi haqida eslab o‘tdingiz. Shubhasiz, bu mablag‘ uchun salmoqli kafolat bo‘la oladi. Tadbirkorlar huquqlari himoyasi uchun aynan qaysi qonun hujjatlari qabul qilinganligi va ularning bugungi kunda amaliyotda qo‘llanishi borasida ma’lumot bera olasizmi?
    Birinchi navbatda, bu davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. Unga ko‘ra mamlakatda investitsion sharoitni yaxshilash, moliyaviy va iqtisodiy tizimni liberallashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ulushini oshirish, qurilish sohasi va iqtisodiyotning boshqa yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha jadal ishlar amalga oshirilmoqda.

    2017-yilda Tashkent City XIM hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha Direksiya tashkil etilgan. Uning faoliyati Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining markaziy qismini obodonlashtirilishi va arxitekturaviy qiyofasini yanada yahshilash hamda aholi va poytaxt mexmonlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq olib boriladi.

    Investorlar huquqlarini himoya qilish uchun Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va “Toshkent shahrida investitsiya sharoitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, hamda “Respublika hududida Business City zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va ko‘plab boshqa hujjatlar qabul qilindi.

    Me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilinishining yorqin misoli sifatida Tashkent City’ning hech bir Lotda bir soniyaga ham to‘xtatilmasdan qurilishini keltirish mumkin. Davlat iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiya miqdorining o‘sishi qonunchilikning samarali ishlashi tasdig‘i bo‘la oladi. Xususan, milliy bozorimizga biznes faoliyatini olib borishni rejalashtirgan yirik kompaniyalar kirmoqda.

    • Jamoatchilik uchun asosiy savollardan biri qurilishda qatnashayotgan kompaniyalarga soliq imtiyozlarining taqdim etilishi bo‘ldi. Bunda ayrim kompaniyalarning nisbatan kichik tarixga egaligi odamlar orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Investorlar tanlovini qanday izohlaysiz?
    Hozirgi kunda qonunchilikda investorlar, bosh pudratchi va subpudratchilar uchun ma’lum imtiyozlar ko‘zda tutilgan. Hususan investorlar mulk solig‘i, yer solig‘i, O‘zbekiston Ruspublikasi norezidentlari tomonidan bajarilayotgan ishlar bo‘yicha QQS va bojxona bojlaridan ozod etiladilar. Bosh pudratchilar va subpudratchilar loyihalash ishlari uchun litsenziya va kalit qurilish uchun ruxsat olish majburiyatlaridan, bojxona bojlari, viza yig‘imlari va QQSdan ozod etilgan. Imtiyozlar faqatgina qurilish davrigagina berilib, so‘ngra kompaniyalar soliq va bojhona bojlarinining umumiy tizimiga o‘tadilar.

    Loyihaga qiziqish bildirgan tadbirkorlardan, boshidanoq investitsiya talabnomalari kelib tusha boshladi, ular esa o‘z navbatida Tashkent City XIM Ma’muriy kengashiga taqdim etiladi. Ishbilarmonlik markazining umumiy konsepsiyasiga mos takliflar qurilishda qatnashish uchun tanlab olingan. Katta xalqaro investitsiya tashkilotlarida ma’lum loyihalarni amalga oshirish uchun sho‘ba tashkilotlarini tashkil etish amaliyoti qo‘llaniladi.

    • Sal ortga qaytadigan bo‘lsak, 2017-yilda loyihaning boshlang‘ich rejasini davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan, Tashkent City xaritasi 8ta Lotga ajratilib, ular 12 ta qurilish tashkiloti tomonidan qurilayotgan edi. Ularning har biri haqida batafsil so‘zlab bera olasizmi?
    Yuqorida aytilganidek investorlar bilan umumiy hisobda 700dan ortiq muzokara olib borilgandi, ulardan 12ta kompaniya esa loyihada qatnashish istagini bildirdi. Ulardan 3tasi xorijiy, 9tasi esa mahalliy kompaniyalar.

    Lot №1. Bu yerda kelayotgan yil birinchi choragida Gardens Residence turar joy majmuasi qurib bitkaziladi. Investor High Land City kompaniyasi.

    Lot №2da 2021-yilda ikki osmono‘par bino – Park Inn by Radisson mehmonxonasi va biznes markaz, ko‘p qavatli turar joy majmuasi va savdo markazi qad ko‘taradi. Ushbu loyihaga O‘zbekistonda Real House brendi ostida faoliyat yuritayotgan Lotus Gaz Invest kompaniyasi sarmoya kiritgan.

    Lot №3 Hyper Partners GmbH Germaniyaning kompaniyasi mablag‘lariga barpo etilmoqda. Qurilish yakunida bu yerda Markaziy Osiyodagi eng katta savdo markazlaridan biri hamda uchta baland binodagi ofislar, premium darajali turar joylar va besh yulduzli Sheraton mehmonxonasi joylashadi. Qayd etish joiz, shu yilning noyabr oyida Kann shahrida o‘tkazilgan MAPIC-2019 tijorat binolari ko‘rgazmasida taqdim etildi va unda Lot №3 loyihasi mutaxassislar va tashrif buyuruvchilar tomonidan yuqori baholandi.

    Universal Packing Masters yoki Murad Buildings savdo belgisi ostida ishlayotgan kompaniya o‘z mablag‘larini Lot №4 qurilishiga kiritilgan. Investor yurtimizdagi eng baland osmono‘par bino – Nest One qurilishini o‘z bo‘yniga oldi. Unda turar joy, ofis va tijorat hududlari hamda “lyuks” mehmonxona joylashadi.

    Lot №5 allaqachon foydalanishga topshirib bo‘lindi va o‘zining ko‘rinishi bilan shahrimiz aholisi va mehmonlarini hursand qilmoqda. Bu yerda besh yulduzli Hilton mehmonxonasi bilan birga davlat darajasidagi uchrashuvlar va yirik xalqaro tadbirlar, sammitlar o‘tkazish uchun Kongress-markaz barpo etilgan. Akfa Dream World kompaniyasi ushbu Lot investori sifatida ishlamoqda.

    Lot №6 dagi moliyaviy markaz qurilishiga roppa-rosa 4ta kompaniya: O‘zbekistonning eng katta banklari bo‘lmish Asaka bank, O‘zsanoatqurilish bank va Aloqa bank bilan bir qatorda Janubiy Koreyaning yetakchi qurilish tashkilotlaridan biri BoMi Engineering & Construction investitsiya kiritgan. Bu yerdan banklarning bosh dempartamentlari va ofis markazi o‘rin oladi.

    Lot №7 hududi Premium Village, Family Group va Luxury Apartments kabi uchta investor kompaniya o‘rtasida bo‘lingan. Kirib kelayotgan yilda bu yerda biznes markaz va Holiday Inn mehmonxonasi qurilishi yakunlanadi. Premium darajali Boulevard turar joy majmuasi 2021-yil yakuniga ochiladi.

    Tashkent City bog‘i, ya’ni Lot №8 Tashkent City XIM direksiyasi buyurtmasiga binoan qurildi. O‘zbekistondagi eng katta jamoat joyi Italiya, Turkiya, Rossiya va O‘zbekistonlik landshaft dizayni va rekreatsion hududlarni loyihalashtirish mutaxassislari mehnati bilan yaratildi. Bundan tashqari, Xitoyning yetakchi kompaniyalaridan birining hodimlari tomonidan mamlakatimizdagi ilk innovatsion musiqali ulkan favvora qurib ishga tushirildi. Shu bilan birga bog‘da mehmonlar maroqli vaqt o‘tkazishlari uchun Flying-theatre, planetariy va mum haykallari muzeyi mavjud.

    • Internet tarmog‘ida Tashkent City qanday bo‘lishi render tasvirlari keng tarqaldi. Loyiha ko‘p marotaba o‘zgartirildi. Nega aynan hozirda amalga oshirilayotgan variant tanlanganini qanday izohlaysiz?
    Hozirgi kunda ham internetda ba’zida uchratish mumkin bo‘lgan render tasvirlarining loyihaning bugungi kundagi holatiga aloqasi yo‘q. Mashhur mahalliy hamda xorijiy arxitektura byurolari tomonidan umumiy 8ta loyiha tayyorlanib, davlat rahbariyatiga taqdim etilgan. Ayni kunda amalga oshirilayotgan loyiha shaxsan davlatimiz raxbari tomonidan tasdiqlangan. Ayrim takliflarda faqat osmono‘par binolar barpo etish g‘oyasi bo‘lsa, boshqalarida “Yangi shahar” markazida texnopark qurish ilgari surilgan. Bu kabi barcha loyihalar rad etildi. Buning sabablari quyidagicha. Birinchidan – loyihani amalga oshirish davomiyligi bo‘lsa, ikkinchidan – shahar arxitekturaviy qiyofasiga mos kelmasligidir. Bundan tashqari ekologik omil ham muhim o‘rin tutdi, ya’ni yashil hududlarsiz faqat binolarni qurishimiz to‘g‘ri kelmasdi. Texnopark loyihasini rad etishga sabab, bu kabi tashkilotlar ilmiy markaz va ta’lim muassasalaridan uzoqda qurilishi maqsadga muvofiq emas. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, Turkiyaning Tabanlıoğlu Architects kompaniyasi tomonidan taklif etilgan boshlang‘ich konsepsiya tasdiqlandi.

    Shunga alohida e’tibor qaratmoqchimanki, tanlangan model qolganlaridan zichroq bo‘lgan qurilish hududi va binolarning qavatlari yuqoriroqligi bilan farqlanadi. Saralashdan o‘tmagan konsepsiyalarda ko‘p qavatli binolar soni, hozirgi kundagi 15 tadan kamroq edi.

    Ko‘p bora ta’kidlanganidek, Tashkent City xususiy investorlar mablag‘lariga amalga oshirilmoqda. Bundan esa, barcha tadbirkorlar birinchi navbatda foyda olish va obyektlarning rentabelligini ko‘zlaydilar. Tashkent City direksiyasi tomonidan jahonning yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri Cushman & Wakefield mutaxassislari jalb qilindi. Xalqaro ekspertlar o‘zlarining boy tajribalari va maxsus o‘tkazilgan tadqiqotlariga asoslanib Tashkent City tijorat konsepsiyasini ishlab chiqdilar va ishbilarmonlik markazidagi barcha turar joy, tijorat, mehmonxona, ofis binolari ushbu konsepsiyaga asoslanib quriladi. Bundan tashqari, ijtimoiy infratuzilma yaratilishiga ham alohida e’tibor beriladi. Xususan, Tashkent City hududida O‘zbekistondagi eng katta rekreatsion bog‘ allaqachon qurib bitkazilib, navbat maktab va bolalar bog‘chasi qurilishiga keldi.

    • Bir payt loyihaning amalga oshirilishi to‘xtatib qo‘yildi va belgilangan muddatga tugatilmaydi degan xabarlar tarqaldi. Ayni damda qurilish jarayoni qaysi bosqichda ekanligi haqida ma’lumot bera olasizmi?
    Katta va shov-shuvli loyihalar atrofida har doim ma’lum taxminiy farazlar mavjud va bu odatiy hol. Ular to‘g‘risida asta-sekinlik bilan afsonalar paydo bo‘lishni boshlaydi. Oldinlari ham shunday edi, har doim ham shunday bo‘ladi. Tashkent City har qanday salmoqli loyiha kabi odamlar e’tiborini jalb qiladi. Loyihaning to‘xtatib turilishi borasidagi xabarlar esa o‘z tasdig‘ini topmagan. Ish to‘xtovsiz, sutkasiga 24 soat davomida, ba’zi lotlarda hatto 3 smena davomida olib borilmoqda. Quruvchi va loyihachilar, arxitektor va dizaynerlar umumiy loyiha ustida samarali mehnat qilmoqdalar. 1,5 yil muddat ichida Tashkent City bog‘i, besh yulduzli Hilton mehmonxonasi va O‘rta Osiyodagi eng katta transformer-zal – Kongress-markaz qurib bitkazildi. Yaqin orada 1 va 7-Lotlardagi obyektlar ham foydalanishga topshiriladi. 3, 4 va 6 Lotlarda esa faol yerni tayyorlash va svaya qoqish ishlari olib borilmoqda, O‘zbekistondagi eng baland osmono‘par bino loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi, Lot №2 dagi Central Plaza majmuasi va Lot №3da Tashkent City Mall eng katta ko‘ngilochar-savdo markazi binolari ilk ko‘rinishiga ega bo‘lmoqda.

    • To‘g‘ri aytasiz, gaplaringizga qo‘shilmaslikning ilojisi yo‘q. Tashkent City Bog‘i to‘liq ishga tushirilgan, yaqinda Hilton mehmonxonasining foydalanishga topshirilishi bo‘lib o‘tdi, Kongress-markazda esa davlat miqyosidagi bir-necha tadbirlar o‘tkazildi. 2019-yil yakuniga qanday oraliq hulosalar keltirishingiz mumkin?
    Loyihani amalga oshirish ikki bosqichga bo‘lingan. Birinchisida (2018–2020-yilning I-choragi) 1, 5, 7 va 8 Lotlardagi obyektlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqich 2021-yilda yakunlanadi. Rejaga ko‘ra, bu paytgacha Tashkent City Xalqaro ishbilarmonlik markazi to‘liq ochilgan va 100% ishga tushirilgan bo‘ladi. Yana bir bor qaytaraman, ishlar qat’iy belgilangan reja asosida, soniyaga ham to‘xtatilmasdan olib borilmoqda.

    Shu o‘rinda, loyihani amalga oshirishda katta va muhim ko‘mak berayotgan barcha davlat tashkilotlari vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

    • Natijalar haqida gap borar ekan, unda kelajakdagi rejalarni ham sanab o‘tishning ayni payti. 2020-yilga Tashkent City direksiyasi Toshkent ahli va mehmonlari uchun qanday yangiliklar tayyorlab qo‘ygan?
    Biz shahar aholisi va mehmonlarini lol qoldirishga har doim tayyormiz, ammo barchasi asta-sekinlik bilan bo‘lishi kerakligini inobatga olib, yangiliklar haqida birma-bir habar berib turamiz. Birinchi navbatda, Toshkentda Boulevard majmuasi bilan birgalikda, mintaqamizda yagona bo‘lgan, olamshumul shoping-avenyu ham ishga tushiriladi. Klassik uslubda yaratilgan binolarning birinchi qavatlarida yetakchi xalqaro brend do‘konlari joylashadigan hashamatli tijorat hududlari o‘rin oladi. Bundan tashqari, yurtimizga InterContinental Group qaytmoqda: Boulevard turar joy majmuasi hududida ICG tarkibiga kiruvchi Holiday Inn mehmonxonasi qad ko‘taradi. Yana Gardens Residence turar joy majmuasi ochilib, u yerda O‘zbekiston ta’lim tizimida yetakchi o‘rinlardan birini egallashga qodir maktab joylashadi.

    • Suhbatimiz so‘ngida yangi yil oldidan sizni bayram bilan tabriklab, loyihani muvafaqqiyatli amalga oshirilishini, katta-katta kompaniyalar bilan samarali hamkorlik olib borilishini, Toshkentning turizm va investitsiya salohiyatini oshishini hamda shaxsan sizga baxt, kuch-quvvat, sog‘lik-salomatlik, sabr va barcha yaxshi niyatlarni tilab qolamiz.
    Katta rahmat. O‘z navbatida men o‘zim nomimdan hamda Tashkent City nomidan barcha hamyurtlarimizga Yangi yil mo‘jizasiga va orzularimiz, albatta, ushalishiga ishonishlarini hamda tanlagan maqsadalari tomon shahdam qadamlar bilan intilishlarini tilab qolaman. Xulosa sifatida esa Bill Klintonning so‘zlarini keltirmoqchiman: “Uzoq hayot kechiring va siz ko‘p xatolar qilasiz. Ammo siz ulardan o‘rgansangiz, siz yaxshiroq bo‘lasiz. Qiyinchiliklar sizga qanday ta’sir qilishi emas, siz qiyinchiliklarni qanday hal etishingiz muhimroq. Eng asosiysi – hech qachon, hech qachon, hech qachon taslim bo‘lmaslik kerak”.

    Reklama huquqi asosida.

    30.12.2019, 15:00   Izoh (0)   29946
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dream City Development kompaniyasi yangi 2020-yil bilan tabriklaydi

    30.12.2019, 12:00

    LUKOYLdan yangi yil sovg‘asi

    30.12.2019, 10:30

    Toshkentning yangi me’moriy mo‘jizasidan boshlang‘ich to‘lovsiz uy xarid qilishni istaysizmi?

    30.12.2019, 09:00

    Crafers kompaniyasining tugayotgan 2019-yil uchun ishlar sarhisobi

    29.12.2019, 18:00

    Bo‘g‘im og‘riqlariga “nuqta” qo‘yish vaqti keldi

    29.12.2019, 15:00

    Turkiyada reabilitatsiya: imkoniyatlar va afzalliklar

    29.12.2019, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaning Ukrainaga raketa va dronlar bilan qilgan hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam vafot etdi

    Dunyo | 25 may, 12:43

    FIFA prezidenti Klublar o‘rtasidagi JCHda Ronalduning ishtirokiga ishora qildi: “Hali vaqt bor” (video)

    Sport | 25 may, 12:39

    Erta hosil va qimmat narx: O‘zbekistonda gilos mavsumi boshlandi

    O‘zbekiston | 25 may, 12:15

    Rossiya chempionatida mavsum yakunlandi. Legionerlarimiz qanday natija qayd etdi?

    Sport | 25 may, 12:01

    Tirnoqlarga nazar: agar sizda shunday belgilar bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling

    Go‘zallik | 25 may, 12:00

    Yevropa Ukraina uchun AQSHdan qurol sotib oladi — Bloomberg

    Dunyo | 25 may, 11:37

    Sany power’dan Seer power’ga — yangi nom, yangi maqsadlar

    O‘zbekiston | 25 may, 11:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.