Markaziy bank 24-dekabrdan valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollarning rasmiy kursi 16,03 so‘mga arzonlab, 1 dollar 9516,37 so‘mni tashkil etdi. Yevro kursi esa 56,85 so‘mga tushib, 1 yevro 10 542,23 so‘mga yetdi. Rubl kursi 1,37 so‘mga ko‘tarildi va 1 rubl 152,94 so‘mni tashkil etdi.

Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, 16-dekabr, dushanba kuni dollarning rasmiy kursi 5,15 so‘mga arzonlashgani haqida xabar berilgan edi.