Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 60 yoshli fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Voqea 26-dekabr kuni soat 10:30 larda yuz bergan. Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-37 “Samarqand—Buxoro—Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 25-kilometrida noma’lum haydovchi noma’lum transport vositasi bilan yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 60 yoshli piyoda J.T.ni urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.
Oqibatda piyoda J.T. voqea joyida halok bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Navoiy viloyatida yashovchi 57 yoshli haydovchi S.E. o‘z boshqaruvidagi Mersedes-Bens rusumli yuk avtomobilida sodir etgani aniqlangan.
Haydovchi shu kunning o‘zida ushlangan.
Izoh (0)