Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” xabar bermoqda.
Nizomga ko‘ra, Intellektual mulk agentligi quyidagi hisob raqamlarini ochadi:
- banklarda xorijiy valyutadagi hisob raqamlari, shu jumladan, blok-hisob raqamlari;
- g‘aznachilik bo‘linmalarida milliy valyutadagi tegishli g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamlari.
Jamg‘arma mablag‘laridan:
- agentlikni moddiy-texnik ta’minlash;
- agentlikning bino va inshootlarini qurish, kapital va joriy ta’mirlash, jihozlash;
- xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish;
- xizmat safarlari xarajatlarini qoplash va boshqa shu kabi maqsadlar uchun foydalaniladi.
Izoh (0)