Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Bek Air samolyotining falokatga uchrashiga aybdor bo‘lgan barchaning jazolanishini va’da qildi, deb xabar beradi Tengrinews.
Prezident halok bo‘lganlarning qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, To‘qayev barcha aybdorlar qattiq jazolanishini va’da qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 27-dekabr kuni Olmaotadan Nur-Sultonga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti falokatga uchargan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 14 kishi halok bo‘lgan. O‘zbeksiton TIV samolyot bortida o‘zbekistonliklar bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Izoh (0)