26-dekabr, payshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab bir necha soat davomida Uzcard va Payme onlayn to‘lov xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bo‘lmadi.
Yagona umumrespublika protsessing markazi ushbu to‘xtalishlarga tizimda profilaktik ishlar olib borilgani sabab bo‘lganini ma’lum qilgan. Markaz veb-saytidagi xabarda texnik ishlarning 20-dekabrda o‘tkazilishi haqida yozilgan.
Payme ilovasidagi xabarnomalarda 26-dekabr kuni texnik ishlar o‘tkazilishi qayd etilgan. Ayni vaqtda ikkala onlayn to‘lov tizimlari ham ishlab turibdi.
Uzcard milliy to‘lov tizimidagi nosozlik oqibatida 2018-yil 15-sentabrda uch kun davomida onlayn to‘lovlar, bank o‘tkazmalari va boshqa xizmatlar ishlamagan. Aholining plastik kartalar orqali to‘lovni amalga oshirishi va bankomatlardan pul yechishining ham iloji bo‘lmagandi. Keyinchalik uch kun ichida budjetga 27—30 milliard so‘m kelib tushmagani ma’lum qilingan.
Izoh (0)