Qoraqalpog‘istonning janubiy tumanlaridan birida ikki yigit balog‘atga yetmagan qizni zo‘rladi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘limi katta prokurori Alfiya Bisenova ma’lum qildi, deya xabar beradi “Huquq.uz”.
1993-yilda tug‘ilgan Begzod Ergashev o‘zining hali balog‘atga yetmagan sevgan qizini Oybek Hayitovning bo‘sh turgan uyiga chaqiradi. Dastlab Begzod do‘stlari Oynazar Muratov, Oybek Hayitov va Shohrux Ixtiyorov bilan kafeda aroq ichgan. Keyin esa “o‘tirish”ni davom ettirish maqsadida Hayitovning uyiga borgan.
Bu yerda yoshlar aroq ichishni davom ettirgan va shu o‘rtada Begzod sevgan qizini o‘sha yerga chaqirgan. Bu yerda qizga majburlab aroq ichirishadi va paytdan foydalangan Begzod qizga yordam bergandek o‘zini ko‘rsatib, boshqa xonaga olib boradi.
Xonada Begzod qizning nomusiga tegadi va kelib do‘stlariga maqtanadi. Oynazar ham paytdan foydalanib qizning xonasiga kirib zo‘rlaydi. Bu orada qizning ota-onasi farzandi yo‘qolib qolganidan xavotirga tushib, IIBga murojaat qiladi.
Barcha tafsilotlar o‘rganilib, yigitlar o‘z aybini qancha yashirishga urinmasin, sud hukmiga ko‘ra ularga qamoq jazosi tayinlandi.
Izoh (0)