Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi o‘tkazgan tezkor tadbirda Buxoro shahrida yashovchi muqaddam sudlangan S.O‘. o‘zini DXX xodimi deb tanishtirib firibgarlik yo‘li bilan 500 AQSh dollariga ega bo‘lib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan, deb yozmoqda “Postda.uz”.
S.O‘. o‘zini DXXning Buxoro viloyati boshqarmasi xodimi deb tanishtirib, S.Sh.ni Qorako‘l tumanidagi zavodga ishga olib kirib qo‘yishni va’da qilgan va undan 500 AQSh dollari miqdorida pul olgan.
Noyabr oyi boshlarida U.Sh.ning ishonchiga kirgan va unga ham o‘zini DXX xodimi deya tanishtirib yana eski nayrangini qo‘llab, uni ham Qorako‘ldagi zavodga ishga joylab qo‘yishini va’da qilib 400 AQSh dollariga ega bo‘lgan. Keyinchalik fuqaro U.Q.dan ham “zavod xiylasi” bilan 2 million 850 ming so‘m pul undirgan.
S.O‘. ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Uning yonidan qalbaki guvohnoma, fuqarolarning passport nusxalari chiqqan va huquq-tartibot organlari tomonidan hujjatlashtirilgan. Firibgarning nayranglariga uchganlar sonining o‘n nafardan ko‘pligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)