Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi fuqaroni internetda obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitgan soxta bloger tovlamachilik yo‘li bilan 500 AQSh dollarini olayotganda qo‘lga olingan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Ma’lum qilinishicha, Kitob tumani, “Birlik” MFY, “Qalmoq” qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh.A. DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Kitob tumani bo‘linmasi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, “Xo‘jailmkoni” qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh.M. o‘zini bloger sifatida tanishtirib, ish faoliyati va oilaviy holati bilan bog‘liq obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlarni yig‘ganini, ma’lumotlarni internetda tarqatishini aytib qo‘rqitgan. Tovlamachilik yo‘li bilan 1000 AQSh dollari berishni talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 15-dekabr kuni soat 17:30 larda departament va DXX ning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda soxta bloger Sh.M. va tumandagi 44-maktab yonida ariza muallifidan kelishilgan 1000 AQSh dollari hisobidan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
O‘rganish davomida Sh.M. o‘zini bloger sifatida e’lon qilib, kishilarning shaxsiy hayotiga ham daxl qilganligi aniqlangan. Jumladan, u ariza muallifi Sh.A.ning opasi K.A.ni to‘yda erkak kishi bilan “vals”ga tushganini tasvirga tushirib, Facebook va Telegram’ga tarqatgan. Sh.A.ning sayyor qabulga mast holda borganini tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlariga chiqarib yuborgan.
“Kuni kecha Kitob tumanida bolalarga qurtlagan jigar va go‘shtdan ovqat tayyorlab berilayotgani haqidagi yolg‘on ma’lumotlarni ham soxta bloger Sh.M. tarqatgan”, deyiladi viloyat prokuraturasi ma’lumotnomasida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi