• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Asadjon Xo‘jayev: “O‘zkomnazorat” yangi “nazorat organi” emas

    Bugungi kunda O‘zbekistonda mobil aloqa xizmatlaridan foydalanayotgan abonentlar soni 23 milliondan, internet xizmatlari ko‘rsatilayotgan foydalanuvchilar soni esa 20 milliondan oshadi. Aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining qonunchilik va litsenziya kelishuvlari talablariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning bu boradagi roli ham muhim ahamiyatga ega. “Xabar.uz” nashri yaqinda “O‘zkomnazorat” boshlig‘i etib tayinlangan Asadjon Xo‘jayev bilan shu haqda suhbat qurdi.

    Foto: “Islomkarimov.uz”

    Foto: “Islomkarimov.uz”

    — “O‘zkomnazorat”ning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Davlat tomonidan yana bir nazorat organining tashkil qilinishining sababi nimada?

    — Aslini olganda bizning inspeksiya yangi nazorat organi emas. “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi 1991-yilda Aloqa vazirligi tomonidan tashkil qilinib, telefoniya, pochta, teleradioeshittirish va matbuot nashrlarini tarqatish sohasida qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirardi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va aloqa sohasiga litsenziyalash mexanizmining joriy etilishi natijasida, inspeksiya nazorat qiladigan yo‘nalishlarga aloqa va axborotlashtirish sohasida tadbirkorlik sub’ektlarining qonunchilik va litsenziya talablariga rioya qilinishini nazorat qilish vazifalari ham yuklatildi.

    Axborot kommunikatsiyalarining taraqqiyoti va “Elektron hukumat” tizimi loyihalarining amalga oshirilishi inspeksiyaga davlat organlarida AKT-loyihalarining joriy etilishi, shuningdek, davlat idoralarida idoralararo qo‘shma hamkorlikda axborotlar bilan ishlashda xavfsizlik talablariga rioya qilinishi bo‘yicha nazoratni amalga oshirish ishonib topshirildi.

    Davlat boshqaruvida AKTni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda nazoratni ta’minlash maqsadida Prezidentning 2018-yil noyabr oyidagi qarori bilan davlat inspeksiyasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibidan mustaqil davlat organi sifatida ajratib olindi.

    Qarorning qabul qilinishi davlat organlarida AKTning joriy etilganlik holati haqida xolis tahliliy ma’lumotlar tayyorlash, ushbu jarayonga yuqori turuvchi idoralarning har qanday aralashuvi va ta’sirini yo‘q qildi.

    — “O‘zkomnazorat”ning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida batafsilroq ma’lumot bersangiz? Inspeksiyaga yuklatilgan vazifalar, jumladan faoliyatdagi yangi yo‘nalishlar bo‘yicha nimalar qilinmoqda?

    — Inspeksiya faoliyati keng ko‘lamli. Ayni vaqtda “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi aholi va yuridik shaxslarning aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari hamda matbuot nashrlarini tarqatish sohalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha murojaatlari, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining litsenziya kelishuvi talablariga rioya etishi yuzasidan faol ish olib bormoqda.

    Davlat inspeksiyasi o‘z vakolati doirasida davlat standartlari qoidalarining buzilishi, ko‘rsatilayotgan xizmatlarda kuzatilgan to‘xtalishlar sababini o‘rganib, zarurat bo‘lganda aybdorlarga nisbatan ma’muriy jazo choralarini ko‘rishi yoki tegishli chora ko‘rish uchun rasmiylashtirilgan dalillarni sudga taqdim qilishi mumkin.

    Masalan, 2018-yil davomida “O‘zkomnazorat” tomonidan 55 ta ma’muriy qoidabuzarlik, 2019 yilda esa 107 ta holat bo‘yicha qoidabuzarlik sodir etilgani aniqlangan. Bu qoidabuzishlar ko‘paydi yoki inspeksiya chuqurroq tekshirishni boshladi degani emas. Sohadagi xizmatlar turlari va iste’molchilar soni kundan kunga ko‘payib borayotgani inspeksiya ish hajmining ham ortishiga turtki bermoqda.

    Ish faoliyatimizning muhim tomonini, aniqrog‘i, nazoratda asosiy urg‘u beriladigan jihatni alohida qayd etmoqchiman. Inspeksiya xodimlari bugun tekshirishlar emas, balki o‘rganishlar o‘tkazmoqda. Bugun “jarimaga tortamiz yoki ko‘rsatma beramiz” demaymiz, balki kamchiliklarni barataraf qilish yuzasidan tavsiyalar berib, texnik yechimlardagi mavjud zaifliklarni ko‘rsatamiz. Nazorat ham “aqlli” texnologiyalar kabi, asoslangan va interaktiv bo‘lishi lozim. Eng muhimi — ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish.

    — Inspeksiyaga davlat organlarida “Elektron hukumat” tizimini barpo etishning samaradorligini o‘rganish vazifasi ham yuklatilgan. 

    — Haqiqatdan ham, “O‘zkomnazorat” davlat organlarida AKTdan samarali foydalanish hamda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishni nazorat qiladi. Davlat organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlarda boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Bundan tashqari mavjud davlat axborot resurslarini integratsiyalash va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda umumiy foydalanish imkoniyatini yaratish ham ko‘zda tutilgan.

    O‘rganishlar davomida idoralar tomonidan interaktiv davlat xizmatlarini tashkil qilish va ko‘rsatishda jarayonning barcha tashkiliy hamda texnik jihatlari e’tiborga olinmagani: serverlarning ortiqchaligi yoki yetarli quvvatga ega emasligi, dasturiy ta’minotning noto‘g‘ri ishlashi, axborotning ishonchli himoyalanmasligi, internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanishda uzilishlar kuzatilayotgani shular jumlasidan.

    Shu sababli davlat organlarida o‘tkaziladigan o‘rganishlardan keyin beriladigan tavsiyalarda interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilish texnik masalalarida kamchiliklarni barataraf qilish bo‘yicha va bu borada kuzatiladigan zaif nuqtalar haqida ma’lumotlar beriladi.

    Tavsiyalar “Elektron hukumat” tizimini barpo qilishda barcha davlat interaktiv xizmatlarini integratsiya qiladigan yagona texnologik platforma yaratilishida va davlat organlaridagi axborot tizimlarining o‘zaro birlashuvida muhim ahamiyat kasb etadi.

    — “Elektron hukumat” tizimini sifatli joriy etilishi va tezkor ishlashida eng asosiy global muammo nimada?

    — Vazirlik va idoralarda barcha boshqaruv va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida avtomatlashtirish, infratuzilma va ma’lumotlar almashuvi uchun davlat axborot resurslariga yagona texnologik makon yaratish ko‘zda tutilgan “Elektron hukumat” tizimini barpo etish murakkab vazifa hisoblanadi. Bunda barcha vazirlik va idoralar qog‘oz hujjatlarsiz texnologiyalar, yagona hujjatlar almashuvi tizimi, ma’lumotlarni qayta ishlash markazi bilan ishlashini taqozo etadi. Ushbu jarayonni bir necha yil ichida amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

    Afsuski, bugun deyarli barcha davlat organlarida lokal axborot tizimlaridan foydalaniladi, ular faoliyatida o‘zaro bog‘liqlik yo‘q. Idoralar integratsiyalashgan, ikki tizimni o‘zaro bog‘lash asosida xizmat ko‘rsatishi kerak bo‘lmoqda, biroq jarayon davlat organlarining ichki resurslarini bir-biriga ochmayotgani tufayli to‘xtab qolmoqda.

    Oqibatda, sun’iy va murakkab qarorlar qabul qilinib, interaktiv xizmat jismoniy jihatdan vazirliklardagi bir-biridan ancha uzoqda joylashgan bazalardan olib ko‘rsatilmoqda. Shuning uchun internet orqali interaktiv xizmatni joriy etish jarayoni kechikmoqda yoki umuman amalga oshirilmayapti, binobarin xizmat ko‘rsatishning tezkorligi keskin tushib, davlat byudjetidan sarflanayotgan mablag‘lar, bir-birini takrorlaydigan axborot tizimlariga sarflanmoqda.

    Fikrimcha, “idoraviy xudbinlik” degan ushbu muammoni hal etish lozim, u yoki bu davlat organlari interaktiv tarzda xizmatlarini ko‘rsatishni istamayapti va o‘zining axborot resurslarining yopiq turishini afzal bilmoqda.

    Bugungi kunda tashkilotlar uchun himoyalangan, jumladan shaxsga doir hamda boshqa konfidensial axborotlar xavfsizligi ta’minlangan umumiy Davlat organlari uchun idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i yaratildi. Davlat organlari o‘z ichki serverlarini, ma’lumotlar saqlanadigan lokal markazlarini yaratishi lozim degan amaliyotdan, turli bahonalar bilan axborotlarni yashirishdan voz kechish kerak.

    Ma’lumotlarni qayta ishlaydigan, zaruriy quvvatga ega markazlar hozirda raspublikada mavjud. Shu sababli idoraviy axborot resurslarini bunday maydonlarga o‘tkazish, ularda davlat interaktiv xizmatlarini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish zarur.

    — Vazirlik va idoralar faoliyatida yana qanday xatolar uchraydi?

    — Yana bir muhim yo‘nalish bu – davlat axborot tizimlarini loyihalashtirish, tuzish va qabul qilish masalasidir. Idoralar o‘z axborot tizimini joriy etishda belgilangan ekspertiza talablarini bajarmaydi, tizimni ishlashga qabul qilishni tegishli tashkilotlar bilan kelishmaydi. Oqibatda texnik hujjatlar umuman mavjud emas yoki amalga oshirilgan va ishlayotgan tizimga to‘g‘ri kelmaydi, interaktiv xizmat unga tushadigan yuklamani hisobga olinmasdan barpo etilgan. Ushbu barcha omillar interaktiv xizmatning barcha uchun ochiq bo‘lishi, sifatli ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Turli idoralarda kuzatiladigan yana bir kamchilik texnik personalning yetarli darajada malakaga ega emasligi, tashkilotda axborot xavfsizligi siyosati, texnik rivojlanish rejasi, texnika mutaxassislarining bu boradagi ko‘nikmalarini oshirish yo‘lga qo‘yilmagani va texnika mutaxassislarida, tarmoq administratorlarida professional sifatlarni shakllantirish, konfidensial axborot yoki tizimni ishlatishda xodimlarni mas’uliyatini tabaqalash yo‘qligi. Loyihalar texnik hujjatlarsiz qabul qilinadi yoki texnik hujjatlar narxni arzonlashtirish, qaror qabul qilish jarayonini tezlatish maqsadida ishlab chiqilib, texnik topshiriqqa umuman mos kelmaydi.

    Oqibatda axborot tizimidagi ma’lumotlar o‘z-o‘zidan yo‘qolishi holatlari kuzatiladi, shu sababli “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan tarmoq yaratish sxemasi, axborot almashinuvi reglamenti, ma’lumotlarni muntazam zaxiralashni tartibga solish, dasturiy ta’minotni sertifikatsiyalash, axborotning kriptografik himoyasini ta’minlash bo‘yicha tahlil asosida tavsiyalar berib boriladi.

    Xizmatlar onlayn rejimda, kuniga 24 soat taqdim etilishini tushunish lozim. Biroq, texnik va tashkiliy masalalar (xodimlarning yetarlicha malakasi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar ma’muriy reglamentlari mavjudligi, kutilmagan vaziyat yuzaga kelganda harakatlar yo‘riqnomasi, davlat organlari veb-saytiga internet-hujumlar bo‘lganda harakatlar rejasi, ruxsat berilmagan tashqi ta’sirlar, jumladan internet orqali tizimga hujumdan axborot resurslari va axborot tizimlarini himoyalash choralari) hal etilmagani sababli buni ta’minlash imkonsiz bo‘ladi.

    Texnik xodimlarning malakasi yuqori bo‘lishi lozimligi, texnik hujjatlar aniq bo‘lishi, harakatlar reglamenti, kutilmagan vaziyatlarda harakatlar rejasi, axborot resurslarini himoya qilish masalasi, kiberxavfsizlik muammolari ba’zida idoralar rahbarlari tomonidan kerakli e’tibor bilan qabul qilinmaydi.

    Shu munosabat bilan, “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasining yo‘nalishlaridan biri aynan mana shunday muammoli masalalarni aniqlash va yangi idoralararo unifikatsiyalangan axborot tizimlarini qurish uchun davlat organlarining integratsiyalangan texnik makonini qurish, idoraviy ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha yo‘nalishlar va tavsiyalarni ishlab chiqish, “Elektron hukumat” tizimida yangi interaktiv xizmatlarni rivojlantirishning texnik imkoniyatlarini yaratish sanaladi.

    — 2019-yil 1-oktabrda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Raqamlashtirish asrining barcha jarayonlarida uning muhimligini alohida ta’kidlash lozim. Ushbu masalaning yechimi bo‘yicha ishlar qanday bormoqda?

    — Bugungi kunda shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash masalasi ham juda muhim. Joriy yilning oktyabridan mamlakatda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Shaxsga aloqador ma’lumotlarni himoya qilish davlat siyosatining muhim ahamiyatga ega yo‘nalishlaridan biri. Ammo ko‘plab davlat organlari, jumladan fuqarolarimiz ham internet orqali davlat xizmatlaridan foydalanayotgan vaqtda shaxsga doir ma’lumotlar tarmoqqa tushsa qanday xavf yuzaga kelishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rmaydi.

    Xorij nashrlarida chop etilayotgan, OAVda e’lon qilinayotgan xabarlarda bank sohasida katta ma’lumotlar bazasidagi axborotning oshkor bo‘lgani, elektron pochta parollari va bank hisob raqamlari haqidagi axborot ochiq qolgani haqida o‘qiymiz, eshitamiz, ko‘ramiz va ko‘pincha bu boshqa davlat hududida ro‘y berdi deb parvo qilmaymiz.

    Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bunday tahdidlarni O‘zbekiston hududiga ham kirib kelishiga turtki bo‘ldi va endi shaxsga aloqador axborotlar bilan ishlashda ehtiyotkor bo‘lishimiz talab etiladi. Bitta muhim axborotning oshkor qilinishi ham nopok niyatli kimsalarning tekshiruv tizimlarini aldab, moliyaviy hisob raqamlarga yo‘l ochishiga olib kelishi mumkin.

    Ijtimoiy tarmoqlarda ishlaganda, turli bulutli texnologiyalardan foydalanganda shaxsiy ma’lumotlar butligi masalasi alohida turadi. Bir qancha xorijiy servislar borki, foydalanuvchining o‘zi o‘z ixtiyori bilan ijtimoiy tarmoqlarga ulanishni taqdim etadigan kompaniyalarga o‘zi haqidagi kontakt ma’lumotlar – telefon, F.I.Sh, yashash joyi, bank rekvizitlarini beradi. Shuningdek, foydalanuvchilar bunday servislarda o‘z shaxsiy axborotlari – turli fotosuratlar, video, turli hujjatlar skanlarini joylashlari ham ko‘p kuzatiladi, ba’zida ular maxfiy xarakterga ham ega bo‘ladi. Shu tariqa, bu axborot “sizib chiqadi”, u turli xorijiy serverlarda saqlanadi va bunday ma’lumotlarning muayyan mintaqa uchun himoyalanganligi o‘sha kompaniyalarning vijdoniga havola bo‘ladi.

    Bulutli servislar, mashhur ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni buzish holatlari ko‘p uchraydi, unda yashirin axborot jamoatchilikka oshkor bo‘ladi va shaxsiy hayotga tajovuz qayd etiladi.Shuni aniq tushunish lozim: u yoki bu texnologiya yoxud xizmatning ruxsat berilmagan aralashuv va axborotni ilib olish borasidagi himoyalanganligining texnik jihatlari bilan bir qatorda, ehtimoliy xatarlar to‘g‘risida xabardor qilish siyosatini yuritish va aholi savodxonligini oshirish zarur.

    — Hamma axborot xavfsizligi haqida gapiradi. Siz rahbarlik qilayotgan inspeksiya ushbu tushunchani qay darajada tahlil etadi?

    — Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishida foydalanuvchilar xizmat ko‘rsatilishining rad etilishidan, kiritilgan axborot sizib ketishi yoki o‘zgartirilishidan, to‘lov haqidagi ma’lumotning yo‘qotilishidan, kommunal xizmat (gaz, elektr, issiq suv, maishiy chiqindilar va boshqa)lar uchun hisob-kitobdagi xato va o‘zgartirishlardan kafolatlangan bo‘lishi lozim.

    Ushbu ma’lumotlarning hammasi texnik vositalar yordamida noqonuniy o‘zgarishlar, axborotning yo‘q qilinishidan himoyalangan bo‘lishi lozim, aks holda bahsli vaziyatlar kelib chiqib, qurilmaning yoki dasturiy ta’minotning texnik xatosi tufayli yoxud qing‘ir yo‘lni tanlagan kimsalarning harakatlari oqibatida hisobdan pul yechilishi, yangi qarzdorlik paydo bo‘lishi mumkin va bu aholida norozilik paydo bo‘lishiga olib keladi.

    Hozirda statistik, soliq, “bank—mijoz”, internet-banking hisobotlarini elektron imzo orqali yuritish ishlab turibdi. Bu xizmatlarning barchasi ochiq internet-makonda taqdim etiladi va axborot xavfsizligi qanchalik ta’minlangani, axborot qanchalik texnik soz va ishonchli himoyalangani, uzatilayotgan ma’lumotlarning sizib chiqish, ushlab olish, o‘zgartirishdan muhofazasi qay daraja ekanligiga qarab bu xizmatlar talabgir bo‘ladi.

    — Xizmatlar sifati bo‘yicha e’tirozlar va murojaatlarni «O‘zkomnazorat»ga qanday yo‘llash mumkin?

    — Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash masalasi inspeksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. “11-44” ishonch telefoni orqali murojaatlarni qabul qilish xizmati yo‘lga qo‘yilgan, rahbar qabuliga kelib murojaat qilish, elektron pochta (info@gis.uz, gis@exat.uz) orqali internet xizmatlari, mobil aloqa, telefon va pochta aloqasi bo‘yicha murojaatlar yo‘llash mumkin.2019-yilning hozirgi davriga qadar inspeksiyaga 8842 ta murojaat kelib tushgan, 2018-yilning shu davrida ularning soni 7906 tani tashkil etgandi.

    Mavzuga doir: Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi

    25.12.2019, 23:11   Izoh (0)   16513
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UNG Petro 2020-yilda barcha avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini rekonstruksiya qiladi

    25.12.2019, 22:24

    O‘zbekistonda yerosti yo‘llari va avtoturargohlarda savdo qilishni taqiqlash taklif etilmoqda

    25.12.2019, 22:10

    “Yandeks” 2019-yilda Toshkentdagi tirbandliklarning holati qanday o‘zgarganini ma’lum qildi

    25.12.2019, 21:56

    O‘zbekistonda ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi belgilandi

    25.12.2019, 21:27

    Toshkentda Yangi yil bayrami munosabati bilan qo‘shimcha avtomobil turargohlari tashkil etiladi

    25.12.2019, 20:42

    Yangi yil bayrami kunlari “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha reyslari amalga oshiriladi

    25.12.2019, 20:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00

    Buyuk Britaniya AQSHdan qo‘shimcha F-35 yadroviy qiruvchilarni sotib oladi

    Dunyo | 1 iyun, 16:25

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.