O‘zbekistonda kriptovalyuta bilan to‘lovni amalga oshirish qonun yo‘li bilan man etildi. Loyiha boshqaruv milliy agentligi direktori Dmitriy Li imzolagan buyruqda shu haqda so‘z boradi.
“Kripto-aktivlar O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov vositasi sifatida ishlatilishi mumkin emas”, — deyiladi buyruqda.
Hujjatda kripto-aktivlar sifatida blokcheyndagi ma’lum qimmati va egasi bo‘lgan yozuvlar jamlanmasi ko‘zda tutilgan.
Buyruq bilan mamlakat hududida kripto-birja savdosini yuritish tartibi ham belgilangan. Hozircha O‘zbekistonda bunday birja yo‘q, biroq hatto paydo bo‘lgan taqdirda ham fuqarolar unda faqat chet elliklarga kripto-aktivlar sotishi mumkin, xarid qilish taqiqlangan. Shuningdek, anonim kelishuvlar ham man etilgan.
Izoh (0)