Juda katta miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblanayotgan Armaniston sobiq prezidenti Serj Sargsyanning mol-mulkiga taqiq qo‘yildi. Bu haqda Maxsus tergov xizmati matbuot kotibi Marina Oganjanyanga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Avvalroq Sargsyan davlatning 1 million dollardan ortiq mablag‘ini o‘zlashtirishda ayblangan edi. Mamlakatning sobiq rahbari o‘z aybini tan olmagan va ushbu xatti-harakatni siyosiy ta’qib deya baholagan.
“Sargsyan va ‘Flesh’ kompaniyasi rahbari Barseg Beglaryanning mol-mulkiga taqiq qo‘yildi”, — deydi Oganjanyan.
Idoraning ta’kidlashicha, 2013-yilning 25-yanvaridan 7-fevraliga qadar mamlakatda dizel yoqilg‘isini yetkazib berish bo‘yicha tender o‘tkazilgan. Boshqa bir kompaniya eng past narxni taklif etganiga qaramay, Serj Sargsyan “Flesh” kompaniyasi bilan ishlashni ma’qul ko‘rgan.
Izoh (0)