O‘zbekiston Uloq — ko‘pkari federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi va O‘zbekiston Uloq — ko‘pkari federatsiyasi raisi etib Nabi Jo‘rayev bir ovozdan saylandi.
Shuningdek, M. Abdunazarov, M. Nurmamatov va B. Xoldarov federatsiyaning Taftish komissiyasiga, Sh. To‘laganov, E. Abzalov, Sh. Bekqulov, I. Chorshanbiyev, Sh. Aripjanov, B. Kamolov Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga saylandi.
Ma’lumot uchun, 2019-yilning 25—28-dekabr kunlari O‘zbekiston Uloq — ko‘pkari federatsiyasi tashabbusi bilan Namangan viloyatining markaziy otchoparida ko‘pkari musobaqasi bo‘yicha respublika chempionati bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)