Futbol bo‘yicha Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining 1/2 final bahsida 18-dekabr, chorshanba kuni Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” Meksikaning “Monterrey” klubiga qarshi maydonga tushdi.
O‘yinning 11-daqiqasida “qizillar” yarim himoyachisi Nabi Keyta hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib meksikaliklar hujumchisi Roxelio Funes Mori hisobni tenglashtirdi (1:1). Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Mersisayd klubi hujumchisi Roberto Firmino jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa “Liverpul” Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining yarim finalida “Monterrey”ni kichik hisobda mag‘lub etdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endilikda Klopp jamoasi final bahsida Braziliyaning “Flamengo” klubiga qarshi maydonh=ga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyaliklar yarim finalda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasidan 3:1 hisobida ustun keldi.
Klublar o‘rtasidagi JCh
1/2 bahsi
18-dekabr, chorshanba
“Monterrey”—“Liverpul” 1:2
Gollar: 0:1 — 11 Keyta, 1:1 — 14 Funes Mori, 1:2 — 90 Firmino“Monterrey”: Barovero, Medina, Sanches, Montes (Layyun, 79), Vanjoni, Ortis, Pisarro (Gonsales, 90), Galyardo, Funes Mori, Pabon (Mesa, 82), Rodriges
“Liverpul”: Alisson, Xenderson, Robertson, Gomes, Lallana, Milner (Aleksander-Arnold, 75), Oksleyd-Chemberlen, Keyta, Shaqiri (Mane, 68), Saloh, Origi (Firmino, 85)
Ogohlantirishlar: Vanjoni (47), Gomes (58), Galyardo (78)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)