Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Iyk-ota posyolkasi aholisi Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan vatandoshlar xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik yo‘qolib qolishidan tashvish bildirgani haqida xabar berilgan edi.
O‘shanda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari mahalla fuqarolar yig‘iniga bog‘langan, ular yodgorlikning qayoqqa yo‘qolib qolganini tushuntirib bera olmagan.
Ushbu xabar chop etilganidan ko‘p o‘tmay Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati yodgorlik taqdiri haqida ma’lumot berib, uning restavratsiya qilinayotganini bildirgan edi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda xotira yodgorligi restavratsiya qilingan va qishloq markaziga yaqin joyga o‘rnatilgan.
Izoh (0)