• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston konstitutsiyasiga nechta o‘zgartirish kiritilgan?

    O‘zbekiston konstitutsiyasi bundan roppa-rosa 27 yil oldin – 1992-yilning 8-dekabr kuni qabul qilingan. Shu vaqt ichida unga bir necha marta o‘zgartirish kiritilgan.

    Konstitutsiyaga nechta o‘zgartirish kiritilgan va ularning mohiyati nima – bu haqda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Ma’rufjon Kurbanov hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shu kunga qadar konstitutsiyasiga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 14 ta qonun qabul qilingan. Shunday ekan, rasman bosh qomusimizga 14 marta o‘zgartirish kiritilgan hisoblanadi. Lekin har bir qonun doirasida bir yoki undan ortiq normaga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilgan. Agar har bir normani hisoblasak, unda jami 68 ta normaga tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilgan.

    1. 1993-yil 28-dekabr, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun, 77-modda

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari soni 150 nafardan iboratligi to‘g‘risidagi normaga miqdorning aniq chegarasini kengaytiruvchi o‘zgartirish kiritildi. Ya’ni “bir yuz yigirma deputatdan iborat” jumlasi “deputatlardan iborat” tarzda o‘zgartirildi.

    2. 2003-yil 24-aprel, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun

    O‘n yillik jimlikdan so‘ng konstitutsiyaning biryo‘la 30 ta normasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘zgartirishlar ikki palatali parlamentga o‘tilishi munosabati bilan amalga oshirilgan edi. Xususan, konstitutsiyaning beshinchi bo‘limi, XVIII–XX, XXIII boblariga taalluqli, kelgusida ikki palatali parlamentni saylash va prezidentning konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yillik qilib o‘zgartirish masalasiga bog‘liq.

    2002-yil 27-yanvar kuni ikki palatali parlament tuzish va prezidentning konstitutsiyaviy vakolat muddatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ikki muhim masala bo‘yicha referendum o‘tkazildi.

    Referendum qaroriga muvofiq, “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunlar o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish uchun asos bo‘ldi. Oliy Majlis ikki palata – Qonunchilik palatasi va Senatdan iboratligi, Qonunchilik palatasi bir yuz yigirma deputatdan iborat bo‘lishi, Qonunchilik palatasi va Senatning mutlaq hamda birgalikdagi vakolatlari, prezident vakolat muddati yetti yilga uzaytirilishi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritildi.

    3. 2007-yil 11-aprel, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risida (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)”gi qonun

    Konstitutsiyaning uchta normasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi. Prezidenti davlat boshlig‘i va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlashi, shuningdek, qonunlarni buzgan yoki sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli ekaniga oid o‘zgartirish kiritildi.

    4. 2008-yil 25-dekabr, “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun, yana o‘sha 77-modda

    Bitta normaga o‘zgartirish kiritildi. Konstitutsiyaning 77-moddasida Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat bo‘lishi belgilandi.

    5. 2011-yil 18-aprel, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida(78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi qonun

    Konstitutsiyaning beshta normasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi. Bu o‘zgartish va qo‘shimchalar prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash, siyosiy partiyalarning roli va ta’sirini kuchaytirish maqsadini ko‘zlagan edi.

    Qonun Oliy Majlis bosh vazir hisobotlarini eshitishi va muhokama qilishi tartibini belgiladi. Bosh prokuror o‘rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi prezident farmonlarini tasdiqlash Senatning mutlaq vakolatlaridan chiqarildi. Qolaversa, Prezident ijro etuvchi hokimiyatga rahbarlik qilishi haqidagi norma chiqarildi.

    Qonun bilan prezident viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini tayinlashi hamda lavozimidan ozod etishi bosh vazir taqdimiga binoan amalga oshirilish tartibi o‘rnatildi. Bundan tashqari, bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etilishi belgilandi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi norma mustahkamlandi.

    Nihoyat, 96-moddaga muhim o‘zgartish kiritildi: Prezident vazifasini bajarolmay qolgan holatda uning vazifa va vakolati vaqtincha Senat raisi zimmasiga yuklanadi. Uch oy ichida prezident saylovi tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

    6. 2011-yil 12-dekabr, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida”gi qonun, yetti yildan besh yilga qaytish

    Bitta normaga tuzatish kiritildi. U prezidentning vakolat muddati yetti yildan besh yilga qisqartirilishi bilan bog‘liq edi.

    7. 2014-yil 16-aprel, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi qonun

    Oltita norma o‘zgardi. Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanishi to‘g‘risidagi norma kiritildi. Shunigdek, parlament nazoratini amalga oshirish Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolati sifatida belgilandi.

    8. 2017-yil 6-aprel, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun

    Yettita normaga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi. Ular sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida Sudyalar oliy kengashi hamda iqtisodiy va ma’muriy sudlar faoliyatining huquqiy asosi mustahkamlanishi bilan bog‘liq edi.

    9. 2017-yil 31-may, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida (80, 93, 108 va 109-moddalariga)”gi qonun

    To‘rtta norma o‘zgardi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, shuningdek, Konstitutsiyaviy sud mustaqilligini mustahkamlashga oid ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

    10. 2017-yil 29-avgust, “Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonun

    Ikkita normaga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi. Jumladan, Toshkent shahri tarkibiga kiruvchi tumanlarga hokim tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi Toshkent shahar hokimi vakolatiga kirishi to‘g‘risidagi norma belgilandi.

    11. 2018-yil 15-oktabr, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun

    Bitta norma o‘zgardi. Fuqarolar yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlarida raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini emas, balki faqat raisni (oqsoqolni) ikki yarim yil muddatga saylash tartibi kiritildi.

    12. 2019-yil 18-fevral, “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi ba’zi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun, MXX DXXga aylandi

    Foto: DXX

    Foto: DXX

    Ikkita norma o‘zgardi. Bu o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining nomlanishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga o‘zgarishi bilan bog‘liq.

    13. 2019-yil 5-mart, “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun

    Uchta norma. Ularga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlash va lavozimlaridan ozod qilish bosh vazirning Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan amalga oshirilish tartibi joriy etildi.

    14. 2019-yil 4-sentabr, “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun

    Ikkita norma. 117-moddada sud muomalaga layoqatsiz deb topgan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgani uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslargina saylovda ishtirok etmasligi, boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi o‘zgartirish kiritildi.

    08.12.2019, 19:53   Izoh (0)   122779
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farg‘onada chiqindi tashish xizmati uchun aholidan 1,7 mlrd so‘m asossiz undirilgani rad etildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 13:32

    “Barselona” “Bavariya” futbolchisi bilan jamoani kuchaytirmoqchi

    Sport | 15 iyul, 13:24

    Kamboja 19 yilda ilk bor armiyaga chaqiruv e’lon qildi

    Dunyo | 15 iyul, 13:20

    “BMT Eronga sanksiya qo‘llasa, bunga tegishli javob qaytaramiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 15 iyul, 13:00

    Onkolog ogohlantiradi: qaynoq ichimliklar qanday qilib saratonni keltirib chiqarishi mumkin?

    Maslahatlar | 15 iyul, 12:50

    O‘zbekistonda ayrim hollarda xavfli pirotexnika buyumlaridan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

    O‘zbekiston | 15 iyul, 12:43

    “G‘azoni uzoq muddat nazorat qilish rejalashtirilmagan” — Isroil tashqi ishlar vaziri

    Dunyo | 15 iyul, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.