• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoylik o‘quvchilar – bilim bo‘yicha dunyoda tengsiz. Britaniyada esa eng baxtsiz o‘quvchilar yashaydi. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Eron Trampning nihoyasiga yetayotgan prezidentlik vakolatiga dosh bera oladimi?

    2018-yil may oyida AQSh Eron bilan imzolagan yadro kelishuvi dasturidan chiqar ekan, Tehronga iqtisodiy jazo choralari tatbiq etdi. Bu Eronning YaIMi kamayishiga sabab bo‘ldi. Tehron iqtisodiyoti tanazzul yoqasida bo‘lmasa-da, vaqt uning foydasiga ishlamayotgani aniq.

    Hasan Ruhoniy. Foto: AP

    Hasan Ruhoniy. Foto: AP

    AQShdagi 2020-yilgi saylov yaqinlashar ekan, Tramp hukumati bilan muzokaralar olib borish kerakmi, yo‘qmi, degan masala muhim bo‘lib turibdi, deb yozadi The Project Syndicate nashri. Tramp saylovda yutib chiqishi kerak. Eron hukumatiga aloqador ayrim rasmiylar saylovda demokratlar g‘alabasini kutish kerakligini aytmoqda.

    Saylovda Tramp g‘alaba qozonsa, uning siyosiy pozitsiyasi yanada kuchayadi. Tehron muzokarani hozir boshlasa, Tramp ma’muriyati yon berishga majbur bo‘lishi mumkin. Ammo Eron saylov natijasini kutadigan bo‘lsa, bu mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Eronning bugungi kundagi iqtisodiyotini baholash qiyin. Moliyaviy jazo choralari qo‘llanilganidan so‘ng mamlakatning yo‘qotishlari 5–15 foiz tegrasida deb aytilmoqda. Eronliklarning o‘zi mamlakat iqtisodiyoti bahordan boshlab o‘sish pallasiga kirdi demoqda, lekin kuzatishlar buning aksini ko‘rsatmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti bu yil 9,5 foizga qisqardi.

    Bu Eron hukumatida qizg‘in bahslar boshlanishiga turtki berdi. Bir tomonda mamlakatni tayoq yordamida boshqarayotgan Xomanaiy tarafdorlari iqtisodiyotni og‘ir vaziyatda qayta qurishga tish-tirnog‘i bilan harakat qilmoqda. Ularning nazarida, neft savdosi borasida yo‘qotishlar bo‘lsa-da, boshqa sohalarda yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. 2018-yilda Eron milliy pul birligi – riyol qiymatini 70 foizga yo‘qotsa-da, hamon konvertasiya qilinadigan valyuta bo‘lib qolmoqda. Bu esa moliya sohasida o‘ziga xos o‘sish borligidan darak beradi.

    Bandlik borasidagi raqamlar ham hukumatda qoniqish uyg‘otmoqda. O‘tgan yilgi ish bilan ta’minlanish darajasi 3,3 foizni tashkil etgan edi. Ishsizlik darajasi 10,5 foiz bo‘lib, so‘nggi o‘n yillikdagi eng past ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. Bu nimadan dalolat? Bu hukumat iqtisodiyotni qayta qurayotganidan dalolat beradi.

    Keskin choralar tarafdorlarining ta’kidlashicha, “iqtisodiy qarshilik” harakati tashqi savdoga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni qaramlikdan, xususan, G‘arbga qaramlikdan ozmi-ko‘pmi ozod qildi.

    Ammo prezident Hasan Ruhoniy va uning islohotchilik kayfiyatidagi hukumati iqtisodiyotdagi yuksalish vaqtinchalik xususiyatga ega deyish bilan birga davlatning iqtisodiyotga aralashuvi oldini olmoqchi emas. Ularning nazarida, riyolni zarb qilish foydalidir. Ular pul massasining ortib ketishi inflyasiyaga zamin hozirlashidan boxabarmi?

    Kundalik ehtiyojlarni mashaqqat bilan qoplayotgan Eron davlat sektori ayni paytda xorij sarmoyasining o‘rnini qoplaydigan darajada emas. Xususiy sektor esa moliyalash borasida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Sababi, aksar banklar to‘lov salohiyatiga ega emas.

    Jahli chiqqan qalampir tishlabdi deganday, hukumat uranni boyitish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Maqsad dunyo hamjamiyatiga AQSh yadro kelishuvdan chiqishi xato ekanini ko‘rsatishdir.

    Aslini olib qaraganda, Eron AQSh talablariga ko‘ndi va yadro kelishuviga bordi. U siyosiy o‘yinlarning beayb qurboniga aylandi.

    G‘arb Eronning uranni boyitish ishlari borasida bir to‘xtamga kelishi shart. Bu mintaqadagi xavfsizlik masalasiga hissa qo‘shadi.

    Impichment masalasi yangi bosqichga o‘tdi

    Vakillar qo‘mitasi eshituvlarni boshlashi bilan Trampga bildirilgan ishonchsizlik votumi yangi bosqichga ko‘tarildi, deb xabar beradi The Washington Post.

    Impichmentda Myuller qatnashadimi?

    Vakillar palatasida asosiy diqqat Ukrainaga qaratilgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Huquq qo‘mitasi raisi Jerold Nadler Trampni Myullerga Ukraina va Rossiya borasidagi surishtiruvga xalaqit berganlikda ayblab chiqdi.

    Maxsus prokuror R. Myuller Tramp odil sudlov tizimiga xalaqit bergan-bermagani haqida churq etmadi. Myuller, aksincha, amaldagi prezidentni sudga tortib bo‘lmaydi degan xulosa berdi. Shu bilan bir qatorda, u besh holatda Trampni mahkamaga tortishga asos borligini yashirib o‘tirmadi. Bu nutqdan so‘ng demokratlar Myullerni impichmentga jalb etish lozim demoqda.

    Professor Pamela Karlan jamoatchilik diqqati markazida

    Stenford universitetida huquqshunos bo‘lib ishlaydigan professor Pamela Karlan eshituv davomida asosiy faktlarga yetarli e’tibor berilmayotgani haqida bong urdi. U chiqishi mobaynida amaldagi prezidentning ashaddiy himoyachisi bo‘lgan vakillar palatasi a’zosi, respublikachi Duglas Kollinzni beayov tanqid qildi. Respublikachilar ham mum tishlab qolmadi.

    Oq Uy matbuot kotibi Stefani Girisham Karlan impichmentga daxldor bo‘lmagan shaxslarni ham ayblayotgani Stenford universiteti professori uchun uyat ekanini bildirdi.

    Karlanni tanqid qilganlar orasida Oq Uyning birinchi xonimi ham bor:

    “Voyaga yetmagan o‘smir daxlsizlik huquqiga ega. Uni siyosatga tortishlari maqbul emas. Pamela Karlan, aybsiz go‘dakni siyosatdagi mojarolarga tortayotganingizdan uyalsangiz bo‘lar edi”.

    A minor child deserves privacy and should be kept out of politics. Pamela Karlan, you should be ashamed of your very angry and obviously biased public pandering, and using a child to do it.

    — Melania Trump 45 Archived (@FLOTUS45) December 4, 2019

    Trampni himoya qilishni istamayotgan respublikachi

    Respublikachilar partiyasi vakili, Jorj Vashington universiteti professori Jonatan Terli qo‘mitadagi so‘rovlarga yaxshigina tayyorlanib keldi. U so‘z boshidayoq Trampni hurmat qilmasligini, ammo u impichmentga loyiq emasligini ta’kidladi. U Tramp tarafdori emasligini, o‘tgan saylovda unga qarshi ovoz berganini, uning matbuotdagi chiqishlarig tanqidiy qarashini aytib o‘tdi.

    Shu bilan birga, u Trampning Ukrainadagi siyosati prezidentga qarshi impichment uchun asos bo‘la olishini urg‘ulab o‘tdi.

    Jonatan Terli  prezident Trampga qarshi dalillar berar ekan, unga qarshi impichment shitob bilan borayotganini ham aytib o‘tdi. Xususan, Terli “yetarli asosga ega bo‘lmagan ish yuzasidan” amaldagi prezidentni bo‘shatish yaxshi emasligini aytib o‘tdi.

    PISA testi natijalari nima xulosalarni berdi?

    15 yoshli maktab o‘quvchilarining savodxonlik darajasini tekshirish imkonini beradigan xalqaro testning 2018-yilgi natijalari e’lon qilindi.

    Testda yettinchi marotaba qatnashayotgan Germaniya uchun natijalar haqiqiy shok bo‘ldi. Buyuk Britaniya maktablari uchun esa kutilmagan syurprizga aylandi.

    PISA testining yangi natijalariga ko‘ra, xitoylik o‘quvchilar eng aqlli deb topildi. Ularning britaniyalik tengqurlari eng baxtsiz o‘quvchilar qatoriga qo‘shilib qoldi.

    PISA (Program for International Assessment) test sinovi Rossiya o‘quvchilari bilimida ijobiy o‘zgarishlar sezilayotganini aks ettirgan.

    Shunga qaramay, o‘zini dunyoning ikkinchi mamlakati, ikkinchi qudrati deb hisoblayotgan Rossiya Federatsiyasi uchun natija maqtangudek emas.

    PISA har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. U turli mamlakatlarda 15 yoshli o‘quvchilar qay darajada bilim olayotganini sinovdan o‘tkazadi.

    Dastlabki PISA imtihonida o‘zini ta’lim cho‘qqisiga erishgan deb hisoblovchi davlatlar ta’lim tizimi Singapur, Gonkong, Janubiy Koreya, Yaponiya va Tayvan tizimiga dosh berolmaganidan hayratga tushgan edi.

    Spigel nashri bir jurnalist firklaridan iqtibos keltiradi:

    “Tadqiqotlar nemis ta’lim tizimi istalgan natijalarni bermayotganidan shikoyat qilayotgan bir vaziyatda nemis siyosatdonlari “ajoyib nemis ta’lim maskanlari” haqida gapirishdan charchamayapti. 2001-yil ham keldi. PISA birinchi marta o‘tkazildi. Natijalar nemislarni hayratlantirdi. Nemis o‘quvchilarining saviyasi boshqa mamlakatlarning o‘rtacha darajasiga ham yetib bormasligi nemis ta’lim tizimi rahbarlari uchun kutilmagan holat bo‘ldi. PISA o‘sha vaqtlarda Germaniya ta’lim tizimiga kuchli turtki berdi. Bugun nemis o‘quvchilari bilim darajasining dunyo mamlakatlaridan past bo‘lmagan natijani ko‘rsatib kelmoqda”.

    Bu yilgi natija xitoylik o‘quvchilar hatto singapurlik va tayvanlik tengdoshlaridan-da o‘zib ketganini ko‘rsatmoqda.

    2018-yilgi PISA testida asosan Shanxay, Pekin, Szyansu va Guandun viloyatlari o‘quvchilari erishgan yuqori natijalar PISA testi ham tanqidga uchrashiga sabab bo‘ldi. Tanqidchilar nazarida, milliarddan oshiq aholiga ega Xitoyning faqat g‘arblashgan sharqiy hudulari o‘quvchilariga bunday imkoniyatni berish adolatdan emas.

    So‘nggi 18 yil mobaynida PISA tashkilotchilari ozmuncha tanqid eshitmadi. CNN nashri PISA o‘quvchilarning haqiqiy bilimini tekshirish o‘rniga ularni bellashuvchilarga aylantirib qo‘yayotganini aytsa, Le Monde testni himoya qildi. Nashr PISA zarurligini, tashkilotchilar testga insonparvarlik maqomini berish uchun o‘quvchilarning maktabdagi hayoti borasida so‘rov kiritganini ta’kidlab o‘tdi.

    PISA natijalari Britaniya jamoatchiligini shok holatiga tushirdi: mamlakatda dunyodagi eng baxtsiz o‘quvchilar yashayotganini ko‘rsatdi. “Hayotingizdan mamnunmisiz?” degan savolga aksar britaniyalik o‘quvchilari o‘zini shaxsiy hayotda baxtsiz his etayotganini aytdi.

    Britaniya ta’lim muassasalari PISA’ning bu so‘rovini bee’tibor qoldirmadi. Ta’lim xodimlari bu mamlakatdagi ayanchli vaziyat in’ikpsi ekanini, mutasaddilari chora ko‘rishi lozimligini aytdi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    07.12.2019, 15:20   Izoh (0)   65516
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muhammad amerikalik chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilayotgan ismlar qatoriga kirdi

    06.12.2019, 21:06

    2018-yilda dunyoda 140 ming kishi qizamiqdan vafot etdi

    06.12.2019, 20:47

    Ashxobodda 2020-yil ramzi — kalamush dizayni tasdiqlandi

    06.12.2019, 17:11

    Bloomberg yangiliklar kanalini WhatsApp’dan Telegram’ga ko‘chirdi

    06.12.2019, 13:29

    Time jurnali muqovasida Vladimir Zelenskiy surati chop etildi

    06.12.2019, 12:19

    Saudi Aramco aksiyalarining yakuniy narxi belgilandi. Endi u dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylanishi mumkin

    06.12.2019, 09:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishi ma’qullandi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 15:00

    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

    Reklama | 26 iyun, 15:00

    Orzudagi taʼtil: dunyoning eng qimmat kurortlari

    Layfstayl | 26 iyun, 14:50

    AQSHda jazirama sabab 150 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi

    Dunyo | 26 iyun, 14:20

    “Bashakshehir” Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmayapti

    Sport | 26 iyun, 14:11

    O‘zbekistonda 27-iyun kuni harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 13:59

    Issiqda derazani ochib uxlash hamma o‘ylaganidek bezararmi?

    Maslahatlar | 26 iyun, 13:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.