Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Shundan so‘ng Nursulton Nazarboyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi bugun, 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)