“Adolat” SDP markaziy kengashi Toshkent shahar Yunusobod tumani “Minor” 50-okrugidan deputatlikka nomzod Rustam Umarov Sergeli tumanining nomini o‘zgartirishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi. Rustam Umarovning taklifi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.
“Adolat” SDP matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, mazkur fikr yuzasidan nomzod tuman nomini o‘zgartirish uning shaxsiy fikri ekanligini ma’lum qilgan.
“Deputatlikka nomzodlar, umuman O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi Konstitutsiyamizga ko‘ra o‘z fikri, qarashlarini erkin bildirish huquqiga egadir. Shu boisdan bu mening shaxsiy fikrim ekanligini e’tiborga olishingizni hamda buni O‘zbekiston ‘Adolat’ sotsial-demokratik partiyasining pozitsiyasi sifatida talqin qilmasligingizni so‘rayman.
‘Adolat’ SDPning saylovoldi dasturi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarida mamlakatimiz hududlarining, jumladan, Sergeli tumanining nomini o‘zgartirish ko‘zda tutilmagan”, — deydi nomzod.
Izoh (0)