Saudiya Arabistonida boks bo‘yicha WBA, WBO, IBF, IBO kamarlari sohibi Endi Ruis va og‘ir vaznda sobiq Jahon chempioni Entoni Joshua o‘rtasida revansh jangi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jangga atab Ar-Riyod yaqinidagi Ad-Diriya shahrida 15 ming o‘ringa mo‘ljallangan stadion qurildi. Arenani qurishga 40 kun sarflangan.
Ruis va Joshua o‘rtasidagi jang 7-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Ad-Diriya shahri noyabr—dekabr oylarida katta sport musobaqalariga mezbonlik qiladi. Boks kechasidan tashqari bu yerda formula 1, tennis va bir qator musiqiy shoular uchun inshootlar qurildi.
You are only ever limited by your own imagination! Just over 2 weeks to go til the sporting World stands still! #RuizJoshua2 @DiriyahSeason @dazn_usa @skysportsboxing pic.twitter.com/HbKbLiR1Ct
— Eddie Hearn (@EddieHearn) November 21, 2019
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning yozida Ruis Nyu-Yorkda kechgan bahsda Joshuani nokautga uchratgan va britaniyalik bokschidan bir yo‘la to‘rtta kamarni tortib olgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)